Raupov Dilshod Almasovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon
I.Umumuiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogi):“Suffa yassi tog‘i atmosferasining meteorologik, optik va radiofizik parametrlarini tadqiq etish”, 01.03.02 – Kosmos fizikasi va astrofizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM1083
Ilmiy rahbar: Ilyasov Sabit Pulatovich, fizika matematika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/05.05.2023.FM.01.18.
Rasmiy opponentlar: Axunov Tal’at Axmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, prof.; Atamuratov Farrux Shuxratovich fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: "TIQXMMI" Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi
Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Atmosferaning meteorologik, optik va radiofizik parametrlari haqida statistik ma'lumotlarni yig‘ish, shuningdek, spektrning millimetrli diapazonida atmosferaning radioshaffofligini va uning barqarorligini prognoz qilish uchun parametrlar o‘rtasidagi qonuniyatlar va ehtimoliy korrelyasiyalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
birinchi marta Suffa yassitog‘ida meteorologik parametrlarni uzoq muddatli qayd etish orqali atmosferaning asosiy parametrlarini prognoz qilish usullarini ishlab chiqishda foydalanish uchun maʼlumotlar banki yaratilgan;
birinchi marta Suffa yassitog‘ida atmosferaning asosiy optik parametri - tungi tasvir sifati DIMM asbobi yordamida oʻlchangan. Butun kuzatish davri uchun tasvir sifatining mediana va oʻrtacha qiymatlari 1,06 va 1,11 arcsec ga tengligi aniqlangan;
2015-yilning yanvaridan 2020-yilning noyabrigacha boʻlgan davrda birinchi marta atmosferaning asosiy radiofizik parametri – yutilish koeffisienti monitoringi orqali butun kuzatish davri uchun atmosfera yutilishining mediana va oʻrtacha qiymati mos ravishda 2 mm diapazon uchun mos ravishda 0,13 va 0,14 Nep ni, 3 mm diapazon uchun esa 0,11 va 0,12 Nep ni tashkil etishi aniqlangan;
birinchi marta Suffa yassitog‘i atmosferadagi suv miqdorining mediana va oʻrtacha qiymatlari 2 mm diapazon uchun 4,96 va 5,91 mm va 3 mm diapazon uchun mos ravishda 9,25 va 9,83 mm ni tashkil qilishi aniqlangan;
birinchi marta Suffa yassitog‘ida va jahonning yetakchi radioastronomiya rasadxonalarida olingan atmosferadagi suv miqdorining qiyosiy tahlili oʻtkazildi va Suffa yassitog‘i dunyoning boshqa punktlari orasida oʻrtacha oʻrinni egallashi koʻrsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Atmosferaning meteorologik parametrlari, atmosferada radiotoʻlqinlarning yutilishi va suv miqdorini tadqiq etish boʻyicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan tahlil usullari va yaratilgan ma’lumotlar bazasidan atmosferada tasvir sifatining asosiy optik parametrining median va oʻrtacha qiymatlarini baholash uchun foydalanilgan (Fudan Universitetining 2024-yil 5-dekabrdagi 143/607/62-2024-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur usulning qullanishi Xitoy observatoriyalari bilan Suffa yassitog‘ini solishtirish imkonini bergan;
atmosferada radiotoʻlqinlarning yutilishi va atmosferadagi suv miqdorini oʻrganish asosida tayyorlangan - The resuls of astroclimate observations in the short-wave length interval of the millimeter-wave range on the Suffa Plateau // Radiophysics and quantum electronics, 2017, V.59, № 8-9, P.763-771. Maqolaga Scopus bazasida10 ta iqtibos keltirilgan