Ganieva Orzigul Xayridinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «XX asr Amerika realistik nasri poetikasi (J.Styuart, J.Steynbek, T.Vulf ijodi misolida)», 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil485.
Ilmiy maslahatchi: Baqoeva Muxabbat Qayumovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Gadoeva Mavluda Ibragimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rajabov Dilshod Zaripovich, filologiya fanlari doktori, professor, Muxammedova Hulkar Eliboevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr AQSh realistik nasridagi poetik yangilanishlar, ularni keltirib chiqargan tarixiy-ijtimoiy omillarni J.Stuart, J.Steynbek hamda T.Vulf nasri misolida yaxlit nazariy tizim sifatida ochib berish orqali XX asr AQSh realizmi tendesiyalarining badiiy-estetik negizlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
XX asr AQSh romanlarida real faktlarga asoslanib ijod qilgan adiblar tomonidan hukmron muhit, voqea-hodisalar, davr kishilari hamda topologik mansublik obektiv bayon va subektiv talqinda gavdalantirilganligi, takrorlanmaydigan yangi ovozlar, eksperimental uslublar, yangi yondashuvlar orqali voqelikning parchalangan, tartibsiz hududlariga qadar kirib borishi, bir vaqtning o‘zida struktural yaxlit tizimga ega badiiy olamni narrativ ’tortishish kuch’lari yordamida ifodalanganligi aniqlangan;
J.Stuart, J.Steynbek va T.Vulf nasri misolida XX asr Amerika realistik nasri poetikasining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif badiiy-estetik strategiyasi, nasriy asarlarning badiiylik moduslari lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligi isbotlangan; 
J.Styuart nasri poetikasida “suhbat uslubi” (“talk style”) hamda yumoristik ruhning regional badiiy ifodada yaxlit uyg‘unlashuvi, simvolik mazmundagi real tasvir, modernistik elementlar garmoniyasi, bilvosita muallif hamda ishonchli roviyning binar oppozisiyasi, sotsiopsixologiya hamda adabiyotshunoslik integratsiyasi qahramon portretining makonga mansublik negizida gavdalanishi asoslangan;
J.Steynbek nasri poetikasi ijtimoiy tizim bilan murosaga kela olmagan qahramonlar – asosan ayollar, bolalar va o‘smirlar obrazlari, ular orqali umidsizlik hamda tushkunlik motivlarining akslanishi,  personaj ma’naviy-ruhiy olami tasviri yordamida kitobxon bilan mustahkam psixologik aloqa o‘rnatilishi, naturalistik yondashuv ifodasi, simvolik hamda obrazli tasvir, qahramon ruhiy olami badiiy detallarining polifunksionalligi kabi poetik parametrlar ustivorligida voqelanishi isbotlangan; 
T.Vulf nasrida epik bayon yo‘sinida dinamik siljish vositasida vaqt qadri hamda hayot mazmuni kabi ekzistensial mavzuning qo‘llanilishi, qahramon xarakteristikasidagi real tasvir hamda kechinma garmoniyasi voqelanishi, liro-epik rivoyaning ustunligi, gibrid roman janri xususiyatlari asosida namoyon bo‘lgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asr Amerika realistik nasri poetikasini aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
XX asr AQSh romanlarida real faktlarga asoslanib ijod qilgan adiblar tomonidan hukmron muhit, voqea-hodisalar, davr kishilari hamda topologik mansublik obektiv bayon va subektiv talqinda gavdalantirilganligi, takrorlanmaydigan yangi ovozlar, eksperimental uslublar, yangi yondashuvlar orqali voqelikning parchalangan, tartibsiz hududlariga qadar kirib borishi, bir vaqtning o‘zida struktural yaxlit tizimga ega badiiy olamni narrativ ’tortishish kuch’lari yordamida ifodalanganligiga doir nazariy xulosalardan Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzuidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 16-dekabrdagi 04/1-4145-son ma’lumotnomasi). Natijada janriy tendensiyalarning mohiyatini anglash, yondashuvlar sintezi, ishonchli roviy, bilvosita va bevosita muallif epik bayonida individual uslub, ijodiy tafakkur tarzida milliy-madaniy o‘ziga xosliklarning bevosita rolini kuchaytirishga erishilgan;
J.Stuart, J.Steynbek va T.Vulf nasri misolida XX asr Amerika realistik nasri poetikasining badiiy konsepsiyasi, g‘oyaviy-axloqiy mohiyati, muallif badiiy-estetik strategiyasi, nasriy asarlarning badiiylik moduslari lisoniy elementlarning konstruktiv funksiyalari orqali namoyon bo‘lganligiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan SUZ80021IN3103 raqamli xorijiy loyihada foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 12-dekabrdagi 06/7846-son ma’lumotnomasi). Natijada XX asr AQSh realistik nasrida yaratilgan hikoya, qissa hamda roman janriga mansub asarlarning badiiy, kompozision, lingvopoetik jihatlarini, badiiy tasvirda yetakchilik qilgan tamoyillarni, milliy adabiyotda an’analar va novatorona yondashuvlar sintezlashuvini aniqlashda J.Styuart, J.Steynbek hamda T.Vulf nasriy asarlarining badiiy qimmati, janriy ichki dinamik siljish sodir bo‘lgani, yozuvchilar poetik izlanishlari mohiyati va ahamiyati asoslanilishiga erishilgan;  
J.Styuart nasri poetikasida “suhbat uslubi” (“talk style”) hamda yumoristik ruhning regional badiiy ifodada yaxlit uyg‘unlashuvi, simvolik mazmundagi real tasvir, modernistik elementlar garmoniyasi, bilvosita muallif hamda ishonchli roviyning binar oppozisiya, sotsiopsixologiya hamda adabiyotshunoslik integratsiyasi natijasida qahramon portretining makonga mansublik asosida gavdalantirilishiga hamda J.Steynbek nasri poetikasi ijtimoiy tizim bilan murosaga kela olmagan qahramonlar – asosan ayollar, bolalar va o‘smirlar obrazlari, ular orqali umidsizlik hamda tushkunlik motivlarining akslanishi,  personaj ma’naviy-ruhiy olami tasviri yordamida kitobxon bilan mustahkam psixologik aloqa o‘rnatilishi, naturalistik yondashuvning ustunligi, simvolik hamda obrazli tasvir, qahramon ruhiy olami badiiy detallarining polifunksionalligi ustivorligida voqelanishi bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-iyuldagi 314-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 314-323-raqamli nashr ruxsatnomasi asosida 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan “Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 12-dekabrdagi 01-02/684-son ma’lumotnomasi) Natijada yondashuvlar sintezi, ishonchli roviy, bilvosita va bevosita muallif epik bayonida individual uslub, ijodiy tafakkur tarzida milliy-madaniy o‘ziga xosliklarning bevosita roli mavjudligi yoritib berilishiga doir nazariy va faktik materiallar orqali o‘quv adabiyoti takomillashtirilgan; 
T.Vulf nasrida epik bayon yo‘sinida dinamik siljish vaqt qadri hamda hayot mazmuni kabi ekzistensial mavzu ustuvorligi, qahramon xarakteristikasidagi real tasvir hamda kechinma garmoniyasi voqelanishi, liro-epik rivoyaning ustunligi, gibrid roman janri xususiyatlari negizida namoyon bo‘lgani bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Najot bilimda” teledasturlari ssenariysini tuzishda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-dekabrdagi 01-09-178-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligining ta’minlanishiga, ilmiy manbalar bilan boyitilishiga va teletomoshabinlarning ushbu soha yuzasidan bilimlarini oshirishga erishilgan.  

  

Yangiliklarga obuna bo‘lish