Solixo‘jaeva Dildora Abduraimovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashni takomillashtirish (o‘smir yoshdagi o‘quvchilar misolida), 13.00.01  Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Ped5310
Ilmiy rahbar: Aynisa Musurmanova, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna pedagogika fanlari doktori, professor; Artikova Muhayyo Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘smir yoshdagi o‘quvchilarini milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik ta’sir omillari, tamoyillari hamda pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish asosida o‘quvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bosqichlari (motivatsion-maqsadli, mazmunli-faoliyatli, qadriyatli (aksiologik)-meyoriy, natijaviy-refleksiv) hamda baxtlilik indikatorlari ishlab chiqilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash mazmuni “oila – mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik faoliyati monitoringi ko‘rsatkichlariga (ijtimoiy, intellektual, psixologik, kommunikativ, moslashuvchanlik) ustuvorlik berish hamda erta nikoh, erta tug‘ruq va qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohning sabab va oqibatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan; 
o‘quvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlarning asosiy funksiyalari (tarbiyaviy, felisitologik, rekreativ, psixoterapevtik), mezonlari (informativ, axloqiy qadriyatlar, maqsadga muvofiqlik, erkinlik) hamda tamoyillarini tatbiq etishning integrativ imkoniyatlari (konnektiv, funksional, regulyativ)ni aniqlashtirish asosida “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” bo‘yicha maxsus kurs dasturi hamda “Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash” modeli ishlab chiqilgan;
o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari, innovatsion ta’lim texnologiyalari (kuzatish, suhbat, tushuntirish, bahs-munozara, manbalar bilan ishlash, rag‘batlantirish, muammoli vaziyat metodlari)dan foydalanish hamda o‘quvchilarni oilaviy hayotga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tayyorlash va bu borada ularning bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘smir yoshdagi o‘quvchilarini milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalari asosida:
professional ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning pedagogik ta’sir omillari, tamoyillari hamda pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish asosida o‘quvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash bosqichlari hamda baxtlilik indikatorlari ishlab chiqilgan va o‘smir yoshdagi o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida “oila – mahalla — ta’lim muassasasi” hamkorlik faoliyati monitoringi ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish hamda erta nikoh, erta tug‘ruq va qarindosh-urug‘lar orasidagi nikohning sabab va oqibatlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurs dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 13-yanvardagi 04/17-5-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari va oila hamkorligida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashda ma’naviy va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash mazmuni, shakl va metodlari, pedagogik-psixologik shart-sharoitlari, omillari, vositalarini o‘zaro hamkorlik nuqtayi nazaridan tanlash imkoniyatlari oshirilgan;
o‘quvchilarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda milliy qadriyatlarning asosiy funksiyalari, mezonlari hamda tamoyillarini tatbiq etishning integrativ imkoniyatlarini aniqlashtirish asosida “O‘smir yoshdagi o‘quvchilarini milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash” modelini ishlab chiqishga oid takliflar “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurs dasturining o‘quv uslubiy majmuasi materiallari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-yanvardagi 04/17-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashni ta’minlashning ma’naviy negizini takomillashtirish yuzasidan sa’y-harakatlar rejasining maqsadlari, vazifalari va yo‘nalishlari takomillashtirishga erishilgan;
professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni milliy qadriyatlar vositasida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning zamonaviy mexanizmlari, innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish hamda o‘quvchilarni oilaviy hayotga huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan tayyorlash va bu borada ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” maxsus kurs dasturining o‘quv uslubiy majmuasi materiallari mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 
15-yanvardagi 04/17-18-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchi-yoshlarni oilaviy psixologik savodxonligini oshirilib, ularning shaxslararo munosabatlar, oila psixologiyasiga doir bilimlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish