Abduraxmonova Dilraboxon Kodirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boburnoma” ning milliy va lisoniy-uslubiy xosligini nemischa tarjimada aks ettirish muammolari (Helmut Dalov tarjimasi misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4841.
Ilmiy rahbar: Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Raviyajon filologiya fanlari doktori, professor; Sidiqov Qosim Abilovich  filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: “Boburnoma”ning Helmut Dalov nemischa tarjimasida milliy va uslubiy o‘ziga xoslikning ifodalanishi masalasini tadqiq etishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“Boburnoma”ning H.Dalov tomonidan nemis tiliga qilingan tarjimasidagi muammolar va avvalgi nemischa tarjimalaridagi Boburning o‘ziga xos bayon uslubi o‘zgartirilgani, ilmiy-adabiy asardan ko‘ra ko‘proq umumma’lumotlar beruvchi memuarga aylanib qolgani, qisqartirishlar natijasida noto‘g‘ri fikr-mulohazalar, ma’no uzilishlari sodir bo‘lgani, asliyatdagi muallif nutqi jozibasining saqlanmaganligi hamda tarjimadan tarjima qilishda Bobur uslubi yo‘qolib borgani aniqlangan;
H.Dalov xos so‘zlar, terminlar, iboralar, tarixiy va arxaik so‘zlarni nemis tiliga o‘girishda transliteratsiya, izohlash, sharhlash, tavsiflash usullarini qo‘llash orqali asliyat mazmun-mohiyatini saqlashga, ayniqsa, maqollarni nemischaga o‘girishda adekvat tarjimadan foydalanganligi asoslangan; 
H.Dalov tarjimasida turkiy xalqlargagina xos bo‘lgan urf-odat, kiyim-kechak nomlari, tarixiy realiyalar, maqol va matallar o‘z ta’sir doirasini kengaytirib, boshqa xalq hayotidan o‘rin olishiga imkon yaratilgani dalillangan;
H.Dalov tarjimasida o‘xshatish va metaforalar tushunarli tarzda tarjima qilish orqali tarjimonning matn badiiyligi, obrazliligi hamda muallifning so‘z qo‘llash mahoratini, voqealar tasviridagi joziba va ta’sirchanlikni saqlab qolishning uddasidan chiqa olgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma”ning Helmut Dalov tarjimasida milliy, lingvistik, uslubiy o‘ziga xoslikning ifodalanishini qiyosiy tipologik tadqiq qilish jarayonida ishlab chiqilgan takliflar asosida: 
“Boburnoma”ning milliy va lisoniy-uslubiy xosligini nemischa tarjimada aks ettirish muammolari, “Boburnoma”ning H.Dalov tarjimasida milliylikni qayta yaratishdagi o‘ziga xosliklar, undagi antroponim va toponimlarning nemischa tarjimasi, asarning nemischa tarjimasida frazeologik birliklarning ifodalanilishiga doir xulosa va natijalaridan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2020-2023-yillarda amalga oshirilgan AM-FZ-201908172 – “O‘zbek tilining ta’lim korpusini yaratish” nomli amaliy grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024 yil 06 iyundagi 04/1-1478 sonli ma’lumotnomasi) Natijada, loyiha tarixiy va arxaik so‘zlar, onomastik birliklar, antroponimlar, geografik nomlar, toponimlar, oykonimlarning milliy, madaniy, funksional hamda uslubiy xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan.
“Boburnoma”ning nemischa tarjimasi va uning muhim xususiyatlari, unda uchraydigan harbiy atamalar, ularning qo‘llanilishi, asardagi badiiy-uslubiy hamda milliy xoslikning aks ettirish masalalari taxliliga oid xulosalaridan  Bobur nomli xalqaro jamoat fondida 2023-2024-yillarda bajarilgan Zahiriddin Muhammad Bobur ijodiga oid loyihalarni amalga oshirishda  foydalanilgan. (Bobur nomli xalqaro jamoat fondining 2024-yil 28 oktyabrdagi 28-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya xulosalari loyihalarning nazariy, amaliy hamda  ma’naviy-ma’rifiy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qilgan; 
Xususan, tadqiqotda aks etgan “Boburnoma”ning milliy va lisoniy-uslubiy xosligini nemischa tarjimada aks ettirish muammolarini (H. Dalov tarjimasi misolida) ifodalashdagi tahliliy fikr va nazariy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston kanali” DM tomonidan 2022-yil dekabr va 2023-yil yanvar va oktyabr oylarida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bedorlik” nomli hamda 2024-yil sentyabr oyida “O‘zbekiston tarixi telekanalida efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvi dasturlar senariyalarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 22-noyabrdagi 04-36-1753-sonli hamda 2024-yil 18-sentyabrdagi 09-06-28-768 sonli ma’lumotnomalari). Natijada Boburnoma tarjimalari tarixini yoritish, g‘arb tillariga qilingan tarjimalari xususiyatlarini o‘rganlishiga oid foydali ma’lumotlar ushbu ko‘rsatuvlarning mazmunini ilmiy va amaliy jihatdan boyitgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish