Ismoilova Aziza Alisher qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlashning huquqiy muammolari” 12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.4.PhD/Yu1237
Ilmiy rahbar: Ismoilov Shuhratjon Abdusaminovich, yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori, professor; Madraximova Guljahon Ro‘zimboy qizi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Repsublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslarni o‘rganish orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitish taqiqlanishi, xususan, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanishi kerakligi asoslab berilgan;
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi kerakligi, bunda ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkinligi, ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligi asoslantirilgan;
ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar berilishi zarurligi, bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda bo‘lishi, ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanishi, bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritilishi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanishi kerakligi asoslab berilgan; 
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risidagi 156-sonli Konvensiya”ni (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqidagi taklif asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
mehnat va mashg‘ulotlar sohasida kamsitishning taqiqlanishi, xususan, jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, qarindoshlarida sudlanganlikning mavjudligi, mulkiy holati va mansab mavqei, yashash joyi, dinga bo‘lgan munosabati, e’tiqodi, jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab mehnat va mashg‘ulotlar sohasida biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklovlar belgilash, xuddi shuningdek biror-bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita imtiyozlar berish kamsitish deb hisoblanishi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 4-moddasi ikkinchi qismini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi №3/08-210-son-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi mehnat munosabatlarida gender tenglikni ta’minlashga, kamsitilishning barcha shakllariga qarshi samarali kurashishga imkon yaratdi;
o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til berilishi kerakligi, bunda ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkinligi, ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 401-moddasini; (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi  №3/08-210-son-son dalolatnoma).  Ushbu normalar, ota-onalarning bolani parvarishlashda teng huquq va majburiyatlarga ega ekanligini hamda ularning oilaviy majburiyatlarini birgalikda ado etish imkoniyatini mustahkamlaydi; 
ikki yoshga to‘lmagan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga) dam olish va ovqatlanish uchun tanaffusdan tashqari bolani ovqatlantirish uchun qo‘shimcha tanaffuslar berilishi zarurligi, bu tanaffuslar kamida har uch soatda, har biri o‘ttiz minutdan kam bo‘lmagan davomiylikda bo‘lishi, ikki yoshga to‘lmagan ikki yoki undan ortiq nafar farzandi bo‘lgan taqdirda, tanaffusning davomiyligi kamida bir soat qilib belgilanishi, bolani ovqatlantirish uchun tanaffuslar ish vaqtiga kiritilishi va o‘rtacha ish haqi bo‘yicha haq to‘lanishi kerakligi haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktyabrdagi O‘RQ-798-son Qonun bilan tasdiqlangan Mehnat kodeksining 407-moddasi birinchi qismini (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 29-oktyabrdagi  №3/08-210-son-son dalolatnoma). Ushbu taklifning joriy etilishi mehnat huquqida ota-onalarga teng kafolatlar yaratishda muhim qadam bo‘lib, otalarga yosh bolasi borligi sababli mehnat-huquqiy himoya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi. 
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar to‘g‘risida”gi 156-sonli Konvensiyani (Jeneva, 1981-yil 23-iyun) ratifikatsiya qilish haqidagi taklif  O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-iyundagi O‘RQ–932-son Qonuninida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi  Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosarining 2024-yil 23-oktyabrdagi 02/6-09-77-son dalolatnoma). Ushbu konvensiyani ratifikatsiyasi qilish O‘zbekistonda erkaklar va ayollar uchun mehnatda teng imkoniyatlarni ta’minlashga, oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar uchun adolatli sharoitlar yaratishga yordam berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish