Boymirzaev Qobil Karimjonovich 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda mehnat migratsiyasiga doir bilimlarni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillari” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B.2023.3.PhD/Fal1074
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich siyosiy fanlar doktori(DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Mamadjan Axmadjanovich falsafa fanlari doktori, professor. O‘roqova Oysuluv Jamoliddinovani, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda mehnat migratsiyasi haqidagi bilimlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi ijtimoiy-falsafiy omillarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv shariotida davlatning aholi turmush farovonligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, jamiyatda sotsial institutlarning o‘sib borishini ta’minlab migratsion munosabatlardagi ij timoiy harakatsha nlik  jarayonlariga ijobiy ta’sir etib jamiyatda inson kapitalini rivojlantirishi falsafiy asoslangan; 
yoshlarda migratsiyaga oid bilimlarni takomillashtirish orqali jamiyaga ijtimoiy innovatsiyalarni joriy etish “ilm-fan transferi”, “bilimlar jamiyati”, “innovatsion jamiyat”, “aqllar oqimi” ni rivojlantirishga olib kelishi, davlatning kambag‘allikni qisqartirish strategiyasidagi gumanistik siyosatining mazmun-mohiyatigi mos kelishi qiyosiy ochib berilgan;  
jamiyatdagi mavjud madaniy faktorlar (qadriyat, an’ana, urf-odat, marosim) migratsion munosabatlarda regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirib, kishilarda ijtimoiy nazorat va ijtimoiy birdamlikni ta’minlashga intensiv ijobiy ta’sir migrasiya jarayonlarining salbiy (assimilyasiya, marginallashuv, o‘z madaniy muhitidan uzoqlashuv) oqibatlarini oldini olishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatgichlar ekanligi mantiqiy isbotlagan; 
ja miya tn in g ijtimoiy-ma daniy manzarasida migr asiyaning epizodik, te branma, fragmentar, permanent va stasionar ko‘rinishlari  jamiyatda inson kapitalni innovatsion tuzilmasini shakllantirish uchun institutsional muhitni riojlantirish bilan birgalikda inson kapitalini innovasion komponentini boshqarish (moyillik, fikrlash, faollik) mexanizmlari jamiyat sotsialmobilligi bilan korrelyasion aloqadorligi aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda mehnat migratsiyasiga doir bilimlarni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy omillarini tadqiq etish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
globallashuv shariotida davlatning aholi turmush farovonligini rivojlantirishga qaratilgan siyosati, jamiyatda sotsial institutlarning o‘sib borishini ta’minlashiga doir ilmiy yangiliklaridan Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilan turli hil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustivor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” hamda mazkur yo‘nalishning 28-bandi “Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzularidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-iyundagi 224-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda mexnat migratsiyasiga doir bilimlarni rivojlantirish va  migratsion munosabatlardagi ij timoiy harakatsha nlik  jarayonlariga ijobiy ta’sirini ochib berishga xizmat qilgan.
yoshlarda migratsiyaga oid bilimlarni takomillashtirish orqali jamiyaga ijtimoiy innovatsiyalarni joriy etish “ilm-fan transferi”, “bilimlar jamiyati”, “innovatsion jamiyat”, “aqllar oqimi” ni rivojlantirishga olib kelishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni, 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son “Ichki ishlar organlarining migrasya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi va 2018 -yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “O‘zbekison Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari hamda mavzuga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziligi Migrasiya va Fuqarolikni Rasmiylashtirish Bosh Boshqarmasining 2023-yil 26-maydagi 22/7013-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, migratsiya jarayonlarini ratsional tashkil etish, ularning hududiy-geografik, gender xususiyatlari, strategik vazifalarini aniqlashga xizmat qilgan;
jamiyatdagi mavjud madaniy faktorlar (qadriyat, an’ana, urf-odat, marosim) migratsion munosabatlarda regulyativ (nazorat qiluvchi), integratorlik (birlashtiruvchi) funksiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy yangiliklaridan Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VI yo‘nalishida belgilangan “Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlari, aholi o‘rtasida radikalizm illatini oldini olish” 26-bandi “Jamiyatda radikallashuv kuchayishini oldini olish, yoshlar ongini buzg‘unchi yot g‘oyalar bilan zaharlashga qaratilan turli hil harakatlarga qarshi kurashish borasidagi ustivor vazifalarni belgilash va amalga oshirish” hamda mazkur yo‘nalishning 28-bandi “Aholi, ayniqsa yoshlar orasida radikal kayfiyatlarni uyg‘otishga, axloqsizlikni yoyishga qaratilgan buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi samarali targ‘ibot ishlarini tashkil etish” mavzularidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 13-iyundagi 224-son Ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarda mehnat migratsiyasiga doir bilimlarni rivojlantirish va migrasiya jarayonlarining salbiy (assimilyasiya, marginallashuv, o‘z madaniy muhitidan uzoqlashuv) oqibatlarini oldini olishga qaratilgan maqsadli ko‘rsatgichlarni aniqlashga xizmat qilgan;
ja miya tn in g ijtimoiy-ma daniy manzarasida mi gr as iy an ing epizodik, tebr anma, fragmentar, permanent va stasionar ko‘ri nishla ri  jamiyatda inson kapitalni innovatsion tuzilmasini shakllantirish uchun institutsional muhitni riojlantirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” gi Farmoni, 2017-yil 11-iyuldagi PQ-3126-son “Ichki ishlar organlarining migrasya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi va 2018 -yil 5-iyuldagi PQ-3839-son “O‘zbekison Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarorlari hamda mavzuga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vaziligi Migrasiya va Fuqarolikni Rasmiylashtirish Bosh Boshqarmasining 2023-yil 26-maydagi 22/7013-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada, migratsiya xodisasi parametrlari, paradigmalarining gender akkulturatsiyasi, etnomadaniy omillarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish