Radjabova Dildora Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda “Humoyun va Akbar” asarlari inglizcha tarjimasida badiiy psixologizm», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Fil2775.
Ilmiy rahbar: Kasimova Ra’no Raxmatilloevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muxammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilova Nargisabegim Sulaymonbek qizi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.    
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” hamda “Humoyun va Akbar” asarlarining asliyati va inglizcha tarjimasida ifodalangan badiiy psixologizmni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“badiiy psixologizm” asar g‘oyasi, mazmuni va mavzulari, muallifning personajlarni tushunishi, badiiy asarda to‘laqonli inson obrazining yaratilishi, personaj ruhiyatining ochib berilishi, inson ruhiy olamini gavdalantirishning adabiy-estetik an’analar va individual uslublar bilan shartlanganligi isbotlangan; 
jahon tarjimashunosligining genezisi va tadriji, badiiy tarjimaning funksional-pragmatik xususiyatlari, Pirimqul Qodirovning tarixiy obrazlar tasvirini yaratish, arxiv materiallari, tarixiy voqea, manbalar, faktlar, xotiralarni sinchiklab tadqiq etish, chiroyli manzaralar, hikoya qilish texnikasi orqali tarixni jonlantirish, adabiy va uslubiy vositalardan foydalanish, keskinlik va dramatik vaziyatlarni yoritish singari o‘ziga xos uslubi ustivorligida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
“Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar” asarlari asliyati va ularning tarjimalarida yozuvchi va mutarjimlar personaj xarakterini ochishda psixologik tasvirning nutq orqali verbal va yuz-ko‘z ifodasi, mimika, imo-ishora yordamida noverbal vositalaridan bosh qahramonlar Bobur, Humoyun va Akbarning nafaqat tashqi qiyofasi, balki tashqi ta’sir orqali shakllangan psixologik olami – qalb dialektikasi yaratilishiga omil bo‘lgani dalillangan;
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar” romanlari asliyatidagi badiiy psixologizmning portret, tabiat tasviri, nutq, imo-ishora, ichki monolog, psixologik detal, tush motivi kabi bevosita va bilvosita aspektlarining ingliz tili tarjimasida expressiv badiiy ifoda vositalar orqali qayta yaratilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar” romanlarida badiiy psixologizmning ifodalanishi  bilan bog‘liq xususiyatlarni aniqlash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
“badiiy psixologizm” asar g‘oyasi, mazmuni va mavzulari, muallifning personajlarni tushunishi, badiiy asarda to‘laqonli inson obrazini yaratilishi, personaj ruhiyatining ochib berilishi, xatti-harakatlari va gap-so‘zlarining psixologik jihatdan asoslanishi bilan shartlanganligiga oid nazariy xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2020-2024-yillarda bajarilgan “OT-F1-002- Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2024-yil 14-noyabrdagi 01-04/7105-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy psixologizmning tarjimasi bilan bog‘liq muammolar qiyosiy aspektda o‘rganilib, echimlari tavsiya qilingan;
jahon tarjimashunosligining genezisi va tadriji, badiiy tarjimaning funksional-pragmatik xususiyatlari, Pirimqul Qodirovning tarixiy obrazlar tasvirini yaratish, arxiv materiallari, tarixiy voqea, manbalar, faktlar, xotiralarni sinchiklab tadqiq etish, chiroyli manzaralar, hikoya qilish texnikasi orqali tarixni jonlantirish, adabiy va uslubiy vositalardan foydalanish, keskinlik va dramatik vaziyatlarni yoritish singari o‘ziga xos uslubi ustivorligida namoyon bo‘lishiga oid xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-80021-GR-3181 – “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” mavzusidagi xorijiy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2024-yil 23-noyabrdagi 04/3609-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy badiiy adabiyotning turlarini tasniflash, o‘zaro aloqadorligi va farqli jihatlarini yoritish imkoniyati yuzaga kelgan;
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, “Humoyun va Akbar” romanlari asliyatidagi badiiy psixologizmning portret, tabiat tasviri, nutq, imo-ishora, ichki monolog, psixologik detal, tush motivi kabi bevosita va bilvosita aspektlarining ingliz tili tarjimasida expressiv badiiy ifoda vositalar orqali qayta yaratilishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Diyor yangiliklari”, “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-noyabrdagi 01-09-164-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlar ilmiy-ommabopligining ta’minlanishiga, ilmiy manbalar bilan boyitilishiga va teletomoshabinlarning adibning ijodiga oid bilimlarini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish