Babajanova Rimajon Kurambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Xanthium Strumarium L. mevasidan noananaviy moy olishning chiqindisiz texnologiyasini yaratish», 02.00.17 - Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnololgiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4850.
Ilmiy rahbar: Akramova Ra’no Ramizitdinovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Dodaev Qoʼchqor Odilovich, texnika fanlari doktori, professor; Xaytmetova Saidaxon Boqijonovna, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universitet.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xanthium Strumarium L. mevasidan yodli moy (moyli ekstrakt) olish hamda kungaboqar moyi bilan matseratsiya qilish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xanthium Strumarium L. oʻsimligi mevasi, meva qobig‘i va shrotining biokimyoviy tarkibi aniqlanib, lipidlar, yog‘ kislotalar, oqsillar, uglevodlar, suvda eriydigan vitaminlar, flavonoidlar, mikro- va makroelementlar hamda yod saqlashi isbotlangan;
X. Strumarium mevalarining tuzilish-mexanik xususiyatlari aniqlanib, 12 % gacha ignalaridan va 45% gacha qobig‘idan ajratilganda moy va moyli ekstrakt samarali ajralish asoslangan;
X. Strumarium ning maydalangan mevalari namligini 5,9-6,9 % dan 10,5-11,5 % gacha oshirish uchun 110 °C haroratli suv bug‘i bilan 15-20 soniya davomida namlab, 65 °C haroratda 30 daqiqa davomida qovurish natijasida moy chiqishi 15,47 % ko‘payishi isbotlangan;
X. Strumarium o‘simligi mevalari moyi va moyli ekstraktining yog‘ kislota tarkibi aniqlangana va meva moyi tarkibidagi yodning massa ulushi 610 mg/l, kungaboqar moyi asosidagi X. Strumarium o‘simligi mevalari moyli ekstragentidagi yodning massa ulushi 285 mg/l ekanligi isbotlangan;
X. Strumarium o‘simligi mevalarini kungaboqar moyi (1:3) bilan 60 °C haroratda 60 daqiqa davomida matseratsiya qilish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. X. Strumarium oʻsimligi mevasidan moy va moyli ekstrakt olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
yuqori biologik xususiyatlarga ega X. Strumarium oʻsimligi mevasidan moy va moyli ekstrakt olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlnmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2024 yil 13 sentyabrdagi KS/3-304-son ma’lumotnomasi). Natijada, yod miqdori yuqori bo‘lgan moy ishlab chiqarish imkonini bergan;
X. Strumarium oʻsimligi mevasidan suv bug‘i bilan ishlov berish orqali moy va moyli ekstrakt olish texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi «O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlnmalar ro‘yxati”ga kiritilgan («O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2024 yil 13 sentyabrdagi KS/3-304-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori biologik xususiyatlarga ega, organik biriktirilgan yod manbai sifatida o‘simlik moylarida qo‘llash imkonini bergan.