Chuliev Farxad Gafurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexi texnogen chiqindilarini aylanma suvlardan foydalanib qayta ishlash jarayonini tadqiq qilish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T3872.
Ilmiy rahbar: Sanakulov Kuvandik, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidov Baxriddin Raxmiddinovich, texnika fanlari doktori, dotsent, Xudoyarov Suleyman Rashidovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aylanma suvdan foydalanish orqali to‘planib qolgan texnogen chiqindilarni qayta ishlashga jalb qilish bo‘yicha texnologik echimlarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rangli metallar aralashmalarini va oltinni (0,035 mg/l) o‘z ichiga olgan aylanma suv eritmasining mahalliy sorbsion qurilmada sorbentning oltin bilan maksimal to‘yinishi chiziqli tezligi aniqlandi va birinchi marta bu ko‘rsatkich 90 soat ichida erishilishi va 0,8 mg/g ni tashkil qilishi aniqlangan;
aylanma suvdagi keraksiz qo‘shimcha metallarning konsentratsiyasiga qarab sorbentning ifloslanish qonuniyatlari asosida oltin bo‘yicha optimal sig‘im 0,35 mg/g ni tashkil etishi aniqlangan;
materialning fizik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, asosiy metallni 77,26% konsentratga ajratib olish bilan uyumda tanlab eritish chiqindilaridan oltinni markazdan qochma konsetratorlarda boyitishning 60 G da optimal parametrlari aniqlangan;
qayta ishlangan suvdan foydalangan holda texnologik ko‘rsatkichlarning uning parametrlariga bog‘liqligini o‘rganish natijasida birinchi marta oltinni uyumda tanlab eritish chiqindilarini sorbsion sianlashning optimal rejimi aniqlangan;
birinchi marta qayta ishlangan suvdan foydalangan holda sorbsiya usulida oltinni uyumda tanlab eritish chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnogen chiqindilardan metallarni ajratib olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Navoiy KMK” AJ 7-gidrometallurgiyada zavodida chiqindi havzalari suvidan foydalangan holda oltinni uyumda tanlab eritish texnogen chiqindilarini sorbsion sianlash usuli orqali qayta ishlash texnologiyasi NKMK AJ Markaziy boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan (Navoiy KMK AJning 2024 yil 30 sentyabrdagi 23/01-01-07/577-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur texnologiya texnogen chiqindilarni ishlab chiqarishga jalb qilish, chiqindilar to‘plangan joyda ekologik vaziyatni yaxshilashni ta’minlash va texnogen chiqindilardan oltin olish darajasini 77,26% ga etkazish imkonini bergan;
NKMK AJ Markaziy boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida oltinni uyumda tanlab eritish sexining texnogen chiqindilarini keyinchalik qayta ishlash maqsadida 2-GMZ chiqindi ombori havzasi suvlarini birlamchi tozalash usuli NKMK AJ Markaziy boshqarmasiga qarashli 7-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan (Navoiy KMK AJning 2024 yil 30 sentyabrdagi 23/01-01-07/577-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi ombori havzasi suvlari oltinni uyumda tanlab eritish chiqindilarni sorbsion sianlash texnologiyasida foydalanishga yaroqli qilinib, soatiga 1500 m3 yoki yiliga 13,14 million m3 toza suvni tejash va yillik 31,536 mln kVt*soat energiyani tejash imkonini bergan.