Ergashev Nurbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Muruntov konining oltin tarkibli rudalarini qayta ishlashda volfram konsentratini va boshqa qimmatli komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/T2369.
Ilmiy rahbar: Doniyarov Nodirjon Abdixakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Badalov Feruz Amirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muruntov konining oltin tarkibli rudalarini qayta ishlashda volfram konsentratini va boshqa qimmatbaho komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-GMZning texnologik mahsulotlarida volframning tarqalishini o‘rganish natijasida volframning gravitatsyaviy konsentratini tozalash chiqindilarida to‘planishi aniqlangan;
ilk bor 2-GMZ sharoitida oltin tarkibli rudalarni qayta ishlashda boyitish chiqindilaridan volframni yo‘l-yo‘lakay olishning yangi samarali kombinatsiyalangan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan bo‘lib unga ko‘ra volfram trioksidining 65,36% ajratib olingan;
afinaj ishlab chiqarishning chiqindi eritmalaridan misni olishning maqbul usuli ishqor bilan cho‘ktirish bo‘lib bunda misning ajratib olinishi pH 7-8 da makismumga etib borishi aniqlangan;
ilk bor 2-GMZ sharoitida afinaj ishlab chiqarishda ishlatilgan eritmalaridan 97,08% gacha mis ajratib olish imkonini beradiga texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muruntov konining oltin tarkibli rudalarini qayta ishlashda volfram konsentratini va boshqa qimmatbaho komponentlarni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
2-GMZning oltin tarkibli rudalarini qayta ishlashda gravitatsiyaviy konsentrat chiqindilarini boyitishning (flotatsiya-gravitatsion) usulini o‘z ichiga olgan yangi ishlab chiqilgan texnologiyasi NKMK Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan («NKMK» AJning 2024 yil 19 noyabrdagi 23/01-01-07/712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida WO3 – 20,6% bo‘lgan konsentrat hosil bo‘lib, 66,3% volfram ajratib olish imkonini bergan;
2-GMZ afinaj ishlab chiqarishning ishlatilgan eritmalaridan misni qazib olishning metallarni ishqor bilan cho‘ktirish, kuydirish va eritishlarni o‘z ichiga olgan yangi texnologiyasi NKMK Markaziy kon boshqarmasining 2-gidrometallurgiya zavodida joriy etilgan. («NKMK» AJning 2024 yil 19 noyabrdagi 23/01-01-07/712-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mis, oltin va kumushning mos ravishda 97,08, 98,56 va 98,74% ni ajratib olish imkonini bergan.