Oripova Ozoda Olimovnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kardiomiopatiyalar uchrash darajasi, xavfli omillari va patologik anatomiyasi” 14.00.15– Patologik anatomiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1836.
Ilmiy rahbar: [Isroilov Rajab Isroilovich], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot unuversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Elieva Mexriniso Faxritdinova, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi tibbiyot soxasidagi diplomdan keyingi ta’lim instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kardiomiopatiya kasalligi turli shakllarining autopsiya ma’lumotlari bo‘yicha uchrash darajasi, makroskopik va mikroskopik o‘zgarishlarini oydinlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor so‘nggi 10 yillik davr mobaynida 5642 ta holat asosida olib borilgan retrospektiv tahlil natijalariga ko‘ra, vafot etganlar orasida turli shakldagi kardiomiopatiyalarning patomorfologik va demografik xususiyatlari asosida epidemiologik tuzilmasi aniqlangan;
gipertrofik kardiomiopatiyada ultrastruktur jihatdan, aktin miozin kompleksining keskin qalinlashganligi, Z-chizig‘i yo‘g‘onlashganligi, morfologik jihatdan kardiomiotsitlar tutamining keskin yiriklashishi, makroskopik jihatdan miokardning qalinlashganligining o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan;
alkogolli kardiomiopatiya ultrastruktur jihatdan mitoxondriyalarning keskin kamayishi va o‘rnida osmiofil lipidli kiritmalarni ko‘payganligi, Z-chiziqni zigzagsimon shaklga kirishi, mikroskopik jihatdan kardiomiotsitlar tutamlarida yirik yog‘li kiritmalarning aniqlanishi va perikardial skleroz o‘choqlari, makroskopik jihatdan yurak qorinchalarining kengayishi va subendokardial yirik yog‘ kiritmalari va fibroelastoz o‘choqlari uchrashi aniqlangan;
periportal kardiomiopatiya ultrastruktur jihatdan aktin miozin kompleksining bo‘kishi, mitoxondriyalarning vakuolizatsiyasi, Z-chizig‘ini keskin osmiofil ko‘rinishda bo‘lishi va kontrastli trayektoriyasini keskin buzilishi (noaniq yuvilgan chiziq ko‘rinishi), mikroskopik jihatdan kardiomiotsit tutamlarida gialin tomchili distrofiya va oralig‘ida dag‘al va siyrak tolali biriktiruvchi to‘qimaning ko‘payishi, oraliqda diapedez qon quyilish o‘choqlari, qorinchalarni ovalsimon shaklda kengayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kardiomiopatiyalarda yurak qon tomir tizimining morfofunksional ko‘rsatkichlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
“Kardiomiopatiyalar uchrash darajasi, xavfli omillari va patologik anatomiyasi” mavzusida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiyanoma Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2022-yildagi 24-avgustdagi 01-02/u-t- 2 xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassalariga joriy etish bo‘yicha Samarqand davlat tibbiyot Universitetining 2024-yildagi 15-yanvardagi 9743-sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan):
birinchi ilmiy yangili So‘nggi 10 yillik davr mobaynida 5642 ta holat asosida olib borilgan retrospektiv tahlil natijalariga ko‘ra, vafot etganlar orasida turli shakldagi kardiomiopatiyalarning epidemiologik tuzilmasi birinchi marta aniqlab berildi. Tadqiqotda kardiomiopatiyalar erkaklar orasida 74,8% hollarda, ayollar orasida esa 28,2% hollarda uchrashi aniqlandi. Ayniqsa, 40–59 yosh oralig‘idagi guruhda kasallikning yuqori uchrash darajasi kuzatilib, ularning 68,5%ini dilatatsiya (birlamchi) kardiomiopatiya, 21,5%ini alkogolli kardiomiopatiya, 6,8%ini postinfeksion, 1,7%ini periportal va 1,5%ini idiopatik (ikkilamchi) shakllar tashkil qilgani qayd etildi. Olingan natijalar kardiomiopatiyalarning patomorfologik va demografik xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni kengaytiradi hamda sud-tibbiyot, klinik-patologik va epidemiologik tadqiqotlar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Olingan natijalarning amaliyotga qo‘llanilishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2023-yilning 29-dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2022-yilning 5-dekabrdagi 44-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiomiopatiyalarning turli xil shakllari bilan xastalangan bemorlarni yashovchanlik darajasini baxolash asosida, kasallikdan keyin rivojlangan og‘ir asorat va o‘lim ko‘rsatkichlarining sanogenezini kuchayishi va tanotogenez jarayonini qisqarishiga olib kelganligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kardiomiopatiyalarni bilan xastalanish ko‘rsatkichini oxirgi 10 yillikda axoli orasida 2 barobargacha oshganligi, 79,7% ni birlamchi, 20,3% ni ikkilamchi kardiomiopatiyalar tashkil etganligini inobatga olib, tashxislashda asosan, klinik anamnestik ma’lumotlar orqali birlamchi kardiomiopatiyalarni oldindan prognozlash orqali, samarasiz davolash usulidan voz kechish va asoratlarni oldini olishga qaratilgan davolash orqali o‘rtacha, xar bir bemorning statsionar davrini o‘rtacha 35% ga qisqarishiga erishildi. Bu esa, xar bir bemorga davlat byudjetidan sarflanadigan sutkalik 650 ming so‘mlik sarf xarajatni 3,185 mln so‘mga qisqarishiga olib keldi. (Eslatib o‘tamiz narxlar 2023-yil preyskuranti). Biz tomondan taklif etilgan tekshiruvga binoan 3,185 mln so‘mni byudjetdan tashqari iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: kardiomiopatiyalarning xos o‘zgarishlari bo‘yicha, xar bir shaklining morfologik, morfometrik va organometrik xos jixatlari taqqoslandi, klinik morfologik jihatdan aniqlangan sindromlarning fenotipik guruhlari bo‘yicha to‘liq tahlil natijalari o‘rganildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2023-yilning 29-dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2022-yilning 5-dekabrdagi 44-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiomiopatiyalarning dilatatsion, gipertrofik, alkogolli va periportal turlarida rivojlangan o‘ta og‘ir asoratlar o‘rganilmasdan, qo‘llab quvvatlovchi davolash jarayoni amalaga oshirilib kelingan va yuqori letal ko‘rsatkichlar bilan davom etgan, biz taklif etgan usullardan keyin, aynan kardiomiopatiyalarning xar bir turi bo‘yicha letal asoratlarga olib keluvchi sababalarning bartaraf etilishi natijasida o‘lim ko‘rsatkichi 45% ga kamaytirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kardiomiopatiyalarning turli shakllarining morfologik adaptatsiya jixatlariga e’tibor qaratilgan xolda, davolashni amalga oshirish imkonini berishi, bemorlarni ortiqcha tashxislash uchun sarflanadigan o‘rtacha 350 ming so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: kardiomiopatiyaning xar bir klinik morfologik turlari bo‘yicha xos bo‘lgan gistologik jixatlari orqali olingan ma’lumotlar xar turiga xos o‘zgarishlarni oldindan aniqlashga qaratilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2023-yilning 29-dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2022-yilning 5-dekabrdagi 44-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiomiopatiyalarning eng koʻp uchraydigan turlari bo‘yicha o‘rganilgan gistologik xos jixatlar orqali, kardiomiopatiyalar aniqlangan bemorlarning mehnatga layoqatlilik koʻrsatkichini 45% ga saqlab qolish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kardiomiopatiyaning turli shakllarida ananaviy davolash uchun sarflanadigan xarajatlarni, oldindan o‘rganilgan gistologik xulosalar asosida, xar bir turida o‘rtacha 400 ming so‘mni tejalishiga va bemorni statsionarda bo‘lish muddatini 30% ga qisqarishiga (21 kunlik davolash jarayoni 6 sutkaga qisqarganligi) olib kelgan. Natijada, xar bir bemordan o‘rtacha, 400 ming so‘mni iqtisod qilinishiga olib kelgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: asosan xomilador ayollarda ko‘p uchraydigan periportal kardiomiopatiyalarning klinik morfologik jihatlari bo‘yicha, o‘tkazuvchi ayollarning to‘satdan falajlanishi, kardiomiotsitlar etishmovchiligi aynan xomiladorlikda kuchayadigan jismoniy zo‘riqishlarda rivojlanadigan to‘satdan o‘tkir yurak o‘limini 30% ga kamayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Patologik anatomiya markazi bo‘yicha 2023-yilning 29-dekabrdagi 58/1-sonli buyruq bilan, Surxondaryo viloyati Patologik anatomiya byurosining 2022-yilning 5-dekabrdagi 44-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aholi orasida xomilador ayollarda noma’lum sababalarga ko‘ra rivojlanadigan periportal kardiomiopatiyalarni xomiladorlikni birinchi uch oyligida skring tekshiruvini amalga oshirish orqali ona bola muxofazasini ta’minlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kardiomiopatiyalarni xomiladorlikni birinchi uch oyligida skring qilish va qon zardobi taxlilidagi prolaktin miqdorini oshib ketishi nazorat qilish, o‘rtacha periportal kardiomiopatiyani davolash uchun davlat byudjetidan sarflanadigan o‘rtacha 4,8 mln so‘mni davlat byudjetidan tejash imkonini beradi. Shu bilan birga eng asosiysi ona bola muxofazasi ta’minlangan.