Raxmonberdieva Saida Abdulmuxamat-qizining
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida bino-inshootlar qurilishi sohasiga oid leksik birliklarning semantik xususiyatlari va tarjima muammolari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3557
Ilmiy rahbar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlar doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik -texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Namangan davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori Sadikov Zohidjon Yaqubjanovich. Farg‘ona davlat universitetini filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori G‘ofurova Nozima Ikromovna. Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika institutini
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid leksik birliklarning semantik xususiyatlari va tarjima muammolarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
bino inshootlari qurilish sohasiga oid leksik birliklarning izomorfik va allamorfik jihatlari, til tizimidagi ahamiyati diaxronikasi tarixiy faktlar asosida ochib berilgan;
ingliz tilidagi bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid frazeologik va paremeologik birliklar, o‘zbek tiliga qaraganda faol ekanligi va chog‘ishtirilayotgan tillarda sohaga oid leksik birliklar ishtirokidagi maqol va matallarni farqli va o‘xshash jihatlari aniqlangan;
har ikki tilda ham bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid frazeologik birliklarning va ular o‘rtasidagi sinonimiya, antonimiya, omonimiya va polisemiya hodisalarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan, ammo ikkala tilda ham umumiylik bitta frazeologik sinonimiya bir xil yoki yaqin ma’noli iboralarni, antonimiya qarama-qarshi ma’nodagi frazeologizmlarni, omonimiya shaklan bir xil ma’nolari turlicha bo‘lgan iboralarni, polisemiya esa frazeologik birliklarning bir necha leksik ma’nolarga ega bo‘lishi dalillangan;
bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid leksik birliklarning tarjimalarda transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash usullari orqali amalga oshirish samarador ekanligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid leksik birliklarni semantik xususiyatlari va tarjima muammolarini tahlil va tadqiq etish natijasida olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid leksik birliklarning tarjimalarda transkripsiya, transliteratsiya, kalkalash usullari orqali amalga oshirilganligi hamda tarjima jarayonidagi farqli tomonlariga doir ilmiy xulosa va natijalardan Namangan davlat universitetida 2020-2023 yillarda bajarilgan FZ 201912099 “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillarida web sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanildi. (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan davlat universiteti 2025 yil 10-yanvardagi 05.25-01 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bino-inshootlari qurilishi sohasiga doir leksik birliklarning tadqiqi jarayonidan olingan ilmiy hulosalar mazkur loyiha web saytini boyitishga xizmat qilgan;
bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid frazeologik birliklarning semantik xususiyatlari hamda sohaga oid leksemalarning maqol va matallarda qo‘llanilishiga oid olingan natijalardan 2022–2023-yillarga mo‘ljallangan Namangan muhandislik-texnologiya instituti “EMI (English as a Medium of Instruction)” xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan. (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Namangan muhandislik-texnologiya institutining 2024-yil 13 dekabrdagi 3226 – 024 sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha dissertatsiya doirasida to‘plangan zaruriy ma’lumotlar bilan boyitilgan;
bino inshootlari qurilish sohasiga oid leksik birliklarning izomorfik va allamorfik jihatlari, til tizimidagi ahamiyati diaxronikasi tarixiy faktlar asosida tahlil qilingan hamda bino-inshootlari qurilishi sohasiga oid leksemalarning semantik ochib berilishi, tilshunoslik nuqtayi nazaridan ilmiy asoslanishi, hamda sohaga oid leksik birliklardagi antroponim va toponimlar tarjimalari hususidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma'rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” radioeshittirishlarini tayyorlashda (2023-2024- yillar davomida) tadqiqotda aks etgan ta'limning integratsiyalashuvi sharoitida qurilish sohasidagi leksik birliklarning qiyosiy yondashuvlar asosida o‘rganish, tarjima asosida qurilish leksemalarining shakllanish tarixi va amaliyotda qo‘llanilish imkoniyatlari, ilmiy-amaliy xulosalar, taklif va tafsiyalardan foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024 yil 23-sentyabrdagi 04-36-1045 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va o‘zbek tillarida bino-inshootlar qurilishi sohasiga oid leksik birliklarning semantik xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar teleko‘rsatuv va radiodasturlarni qiziqarli va ommabop bo‘lishiga xizmat qilgan.