BOYMURADOV Shuxrat Abdujalilovich: «Yuz skeleti suyaklari qo‘shma jarohatlangan bemorlarda diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish» (14.00.21) - Toshkent tibbiyot akademiyasi (100109, Toshkent, Farobi kuch., 2. Tel./faks: 1507825, tma.uz) (dissertatsiya rus tilida)
Ilmiy maslahatchi: M.I.Azimov
Ish bajarilgan tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi
Rasmiy opponentlar: B.D.Fols, S.N.Maksudov, M.J.Mirzabaev
Etakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi
Dissertatsiya yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
I.Tadqiqot maqsadi: bemorlarda yuz-jag‘ suyaklari o‘tkir qo‘shma jarohatlarining og‘irligi va joylashishiga ko‘ra diagnostika va davolash usullarini takomillashtirish.
II.Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
yuz skeleti qo‘shma jarohati bo‘lgan bemorlarni strukturasi va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida ketma ket ko‘rsatilgan tibbiy yordamning o‘ziga xosligi aniqlangan;
“ADIL” kompyuter dasturi yordamida Yuz suyaklari skeleti qo‘shma jarohati (YuSSQJ) olgan bemorlarning umumiy holatiga bog‘liq xolda diagnostika va davo choralarini amalga oshirish ketma-ketligi aniqlangan;
YuSSQJlarda suyak siniqlarini erta repozitsiya va fiksatsiya qilishning innovatsion usullari ishlab chiqilgan;
YuSSQJ olgan bemorlarda jarohatni kechishiga ta’sir qiluvchi endogen omillar tahlillari asosida jarohatdan keyingi asoratlarni rivojlanish mexanizmi yoritilgan;
bemorlarda jarohatdan keyingi ikkinchi - uchinchi kunlari qonda hujayraviy va gumoral immunitet ko‘rsatkichlarini pasayishi, yallig‘lanish oldi tsitokinlarni oshib ketishi (og‘ir ahvoldagi bemorlarda ularni miqdorini 2,8 barobar oshishi) va yallig‘lanishga qarshi tsitokinlarni kamayib ketishi isbotlangan. Yallig‘lanish oldi tsitokinlarining oshib ketishi va yallig‘lanishga qarshi tsitokinlarning kamayib ketishi yallig‘lanish asoratlari rivojlanishining aniqlab beradigan bashorat omillardan ekanligi aniqlangan (suyak jarohatini yiringlashi, jag‘larning osteomieliti, yumshoq to‘qima abstsesslari);
YuSSQJ olgan bemorlarda jarohatdan keyingi ikkinchi - uchinchi kunlari qonda umumiy oqsil va mikroelementlar (kalьtsiy, fosfor va kaliy) miqdorining keskin kamayishi asoratlarning rivojlanishini bashorat omili ekanligi aniqlangan;
jarohatdan keyingi asoratlarni rivojlanishiga olib keluvchi endogen omillarni dori vositalari bilan kompleks tuzatish chizmasi ishlab chiqilgan.
III. Dissertatsiyaning amliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yonoq yoyi sinishlarini repozitsiya va fiksatsiya qilish usuli» bo‘yicha patent olingan (Intellektual mulk agentligi, № IAP 03978, 09.07.2009y.) hamda «Yuz - jag‘ sohasi yumshoq to‘qima jarohatlari», «Jag‘ suyaklari sinishlarida vaqtinchalik immobilizatsiya qilish usuli» va «Yuqori jag‘ sinishining turlari» uslubiy qo‘llanmalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 20.06.2012 yildagi 83/113-sonli va 15.02.2014 yildagi 1-sonli xulosalari).