Ismoilov Arslonbek Isamiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalarida tabiiy gazni tejash usullarini ishlab chiqish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish  ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4758.
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Murodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Jabriev Akbarali Normurodovich, iqtisod fanlari doktori, professor.                Olimova Nargiz Gulomovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi  tashkilot:  Namangan muhandislik qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobillarga gaz to‘ldirish stansiyalariga tabiiy gaz bilan ta’minlash tizimidagi kompressordan siqilgan tashlanma gazni atmosferaga tashlamasdan (chiqarmasdan) qayta foydalanish rejimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari tarmoqlari quvurlarining keskin kengayishida siqish va maxalliy qarshilik koeffisientlari hamda tabiiy gaz bosimining oshishi va kamayishini o‘zaro ta’sir kuchlari termodinamikaning birinchi qonuni tenglamalari orqali aniqlangan;
atrof muhitni muhofaza qilishda avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish stansiyalarida ortiqcha bosim hisobiga atmosferaga chiqarib yuborilayotgan tashlanma gazlarni ushlab qolish usuli va tashlanma gazlardan qayta foydalanishning takomillashtirilgan qurilmasi ishlab chiqilgan; 
avtomobillarga siqilgan tabiiy gaz quyish stansiyalarining kompressor agregati ishlash rejimi va yuqori bosimli quvurlarda gaz harakatining gidravlik hisobi uchun fizik-matematik modeli A.A.Evstifeev tomonidan ishlab chiqilgan formula asosida takomillashtirilgan;
birinchi marta avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish stansiyalarida tashlanma gazlardan qayta foydalanishda bosim so‘ndirish texnologik sxema gazning kirish va chiqishdagi zichligi, harorati, tezligi, bosimi o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish stansiyalarida tashlanma gazlarni ushlab qolish va ulardan samarali qayta foydalanish qurilmasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida:
energiya tejamkor siqilgan tabiiy gaz quyish stansiyasida tashlanma gazlarni ushlab qolish va ulardan qayta foydalanish qurilmasi G‘allaorol tumanida Madaniyat MFY da joylashgan “Grain Island» MChJ hamda Samarqand viloyati Payariq tumani Baxrin MFY da joylashgan «BAXRIN GAZ OIL» MChJga qarashli avtomobillarga tabiiy gaz to‘ldirish stansiyalariga tadbiq etilgan (Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024 yil 24 iyundagi 03-03/3-6167-son ma’lumotnomasi). Natijada kompressor agregati ishlash jarayonida tashlanma gaz miqdori 0,43 g/s, shu qatorda gaz to‘ldirish kolonka shami (svech)da -0,24 g/s, separatorda -0,00062 g/s, akkumulyator blogida -0,0154 g/s, absorberda-0,0075 g/s, ATGTKSIlarda avariya holatida -0,0062 g/s, xavfsizlik klapanlarining ishlashini tekshirishda -0,001g/s ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish