Doniyorova Shahnoza Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish (texnologik ta’lim misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (texnologik ta’lim) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Ped2800.
Ilmiy rahbar: Safarova Rohat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Berdimuratova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillari konsept tavsifiga ega ijtimoiy-psixologik va sohaviy jarayonlarning o‘zaro madaniy sintezlashuvining validiligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirilgan;
 bo‘lajak dizayner-o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish mazmuni o‘quv materiallarini loyihalashning besh bosqichli parametrlarini artpedagogikaning konseptual g‘oyalari bilan identifikasiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak dizayner pedagoglarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirsh modelining tashkiliy-jarayonli komponenti IVEN, g‘oyalar maydonini yaratish, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan, vizual kreativlik, milliy dizaynga qadriyatli munosabatda bo‘lish, stereotiplarni buzish va rekonstruksiyalash kabi texnologiyalarning art-dizaynga doir bilimlarni rivojlantirish jarayoniga adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari professor-o‘qituvchilarning sotsial kreativlikka xos funksiyalarini ijodkor talaba shaxsiga xos vertikal, lateral (nostandart), sinergetik, assotsiativ, izchil, tanqidiy, panoram tafakkur turlariga muvofiq tarzda jadallashtirib boorish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning ob’ektiv va sub’ektiv omillarini konsept tavsifiga ega ijtimoiy-psixologik va sohaviy jarayonlarning o‘zaro madaniy sintezlashuvining validiligini qat’iy hisobga olish orqali aniqlashtirish, bo‘lajak dizayner-o‘qituvchilarda kreativ yondashuv asosida art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirish mazmunini o‘quv materiallarini loyihalashning besh bosqichli parametrlarini artpedagogikaning konseptual g‘oyalari bilan identifikasiyasiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan texnologik ta’lim yoʻnalishi uchun “Gazlamalarga ishlov berish praktikumi” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalainilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-son buyrug‘i, 149-432 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak dizayner pedagoglarning ijodiy faoliyatlarini rivojlantirsh modelining tashkiliy-jarayonli komponentini IVEN, g‘oyalar maydonini yaratish, refleksiv, shaxsga yo‘naltirilgan, vizual kreativlik, milliy dizaynga qadriyatli munosabatda bo‘lish, stereotiplarni buzish va rekonstruksiyalash kabi texnologiyalarning art-dizaynga doir bilimlarni rivojlantirish jarayoniga adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan  Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822. “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2020 yy.) fundamental loyihaning darslik va o‘quv adabiyotlarini yaratishda artpedagogikaning imkoniyatlarini kengaytirish qismini bajarishda foydalanilgan  (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 fevraldagi 02-07-775/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishda artpedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kreativ yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlarini professor-o‘qituvchilarning sotsial kreativlikka xos funksiyalarini ijodkor talaba shaxsiga xos vertikal, lateral (nostandart), sinergetik, assotsiativ, izchil, tanqidiy, panoram tafakkur turlariga muvofiq tarzda jadallashtirib boorish mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Oʻzbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FZ-XT-1-55237. “Pedagogik atamalar mazmunini modernizatsiyalash va unifikatsiyalash parametrlari” (2015-2017 yy.) fundamental loyihasi doirasida  yaratilgan “Pedagogika” ensiklopediyasini kreativlik va art-dizaynga oid materiallar bilan boyitishda foydalanilgan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023 yil 28 fevraldagi 02-07-775/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarning art-dizaynga oid bilimlarini rivojlantirishga doir ilg‘or tajribalarni jamlash va ommalashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish