Toshtemirov Mirjalol Ergash o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Binolarda havoni sovutish va namlash samaradorligini oshirishda energiya tejamkor usullarini yaratish”, 05.09.03–Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4758
Ilmiy rahbar: Boboev Sobirjon Muradullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Xayriddinov Botir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor.
Ismanxodjaeva Muhaya Risxievna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Quruq va issiq iqlim sharoitida binolarda ventilyasiya va havoni mo‘tadillash tizimlarida havoni namlash-sovutish uchun yuqori samarali kontakt qurilmalarni (apparatlar) yaratish, energiya sarfini kamaytirish va issiqlik-massa almashinuv jarayonlarining ilmiy-texnik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havoni mo‘tadillash tizimlarida qo‘llaniladigan to‘g‘ri oqimli va havo resirkulyasiyasi sxemasi bo‘yicha ishlaydigan kontakt qurilmasining konstruktiv sxemasi ishlab chiqilgan va havoga suv bilan ishlov berishda issiqlik va massa almashinuv jarayonlarining matematik modeli takomillashtirilgan;
quruq issiq iqlim sharoitida mikroiqlim parametrlarini ta’minlash uchun havoni adiabatik sovutish va namlash jarayonida kanop tolali gigroskopik material qo‘llanilgan forsunkali namlash-sovutish qurilmalarini takomillashtirishning hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
havoga suv bilan issiqlik va namlik jarayoni orqali ishlov berishda, kanop tolali gigroskopik material qo‘llaniladigan kontakt qurilmalarida issiqlik-massa almashinuvi intensivligi (Nu, NuD) bo‘yicha havoni sovutish samaradorlik koeffisienti EA=0,95 aniqlangan;
birinchi marta kanop tolali gigroskopik material qo‘llanilgan forsunkali sovutish-namlash qurilmasining sovutish samaradorlik koeffisienti EA, aerodinamik qarshiligi ∆P, Nusseltning issiqlik Nu, va diffuzion NuD, mezonlari bo‘yicha funksional bo‘gliqliklar olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sovutish – namlash kamerasida havoga isssiqlik-namlik orqali ishlov berish jarayonlarining samaradorlik koeffisientini E, oshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida taklif etilayotgan sodda, energiyatejamkor kanop tolali gigroskopik material qo‘llanilgan havoni sovutish – namlash qurilmasi Samaqand shahrida joylashgan “DAKA-INTEX” MChJ va Samarqand viloyati Narpay tumani joylashgan “NARPAYTEX” MChJga qarashli tikuv fabrikalari ishlab chiqarish sexi binolarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 06/665-son ma’lumotnomasi). Natijada havoni mo‘tadillash tizimlari uchun sarflanadigan elektr energiya xarajatlari xorijiy ishlab chiqaruvchilarning namlash kameralariga nisbatan 30% tejamkorligi aniqlangan.
Tashqi havoga adiabatik ishlov berishda issiqlik-massa almashinuvi jarayonlari bo‘yicha sovutish-namlash kamerasi “DAKA-INTEX” MChJ va “NARPAYTEX” MChJ tikuv fabrikalarining ishlab chiqarish sexida sanoat sharoitida amaliy sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 06/665-son ma’lumotnomasi). Natijada kanop tolali gigroskopik material qo‘llanilgan forsunkali sovutish – namlash qurilmasi binolarning Isitish, ventilyasiya va havoni mo‘tadillash tizimilarini loyihalash ishlarida qo‘llanilishiga erishilgan va ichki havo parametrlari talab darajasida ta’minlash imkoniyati yaratildi.
Kanop tolali gigroskopik material qo‘llanilgan forsunkali sovutish - namlash qurilmasidan foydalanish kapital va ekspluatatsion xarajatlarni 20 %ga kamaytirib, umumiy iqtisodiy samaradorlik 17,4 mln.so‘m.yilni tashkil qiladi (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 20 yanvardagi 06/665-son ma’lumotnomasi). Natijada energiya tejamkorlik chora-tadbirlarni qiyosiy tahlil qilish, qurilmani amaliyotga joriy etishda iqtisodiy jihatdan xarajatlarni o‘z-o‘zini qoplashning eng qisqa muddati 5 yil ekanligi aniqlangan.