Xaydarov Xumoyun Muxtor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Nasos qurilmasining ish rejimlarini tashqi taʼsirlar va energiya samaradorligini hisobga olgan holda chastotali elektr yuritma orqali rostlash”, 05.05.02 ‒ “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3326
Ilmiy rahbar: Ishnazarov Oybek Xayrilaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.07 raqamli Ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Kolesnikov Igor Konstantinovich, texnika fanlari doktori, professor; Abidov Qudrat G‘ayratovich, texnika fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: “Farg‘ona Politexnika instituti”.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalari texnologik jarayonlarida qo‘llaniluvchi chastotali rostlanadigan nasos qurilmasini samaradorligini oshirish maqsadida tashqi ta’sirlarni inobatga olgan holda boshqarish algoritmlarini ishlab chiqish va usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnologik jarayonda mavjud bo‘lgan tashqi ta’sirlar va ish rejimining  o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda chastotali rostlanadigan nasos qurilmasini energiya samarador boshqarishga imkon beruvchi matematik model takomillashtirilgan;
chastotali rostlanadigan nasos qurilmasiga tashqi ta’sirlarning omillar analizini olib borish evaziga asosiy tashqi ta’sirlar aniqlanib, ularning o‘zgarishiga moslashgan energiya samarador boshqarish algoritmi ishlab chiqilgan;
tashqi ta’sirlar o‘zgarishini inobatga olgan holda nasos qurilmasining ish rejimini chastotali rostlash asosida rezervuardagi suv sathini boshqarishda energiya tejashni ta’minlashga asoslangan usul takomillashtirilgan;
sanoat korxonasi texnologik jarayonida mavjud tashqi ta’sirlar o‘zgaruvchanligini hisobga olgan holda energiya samarodlikni baholashni imkonini beruvchi “chastota o‘zgartgich-asinxron motor-nasos-quvur-rezervuar” tizimining imitatsion modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tashqi taʼsirlarni inobatga olgan holda chastotali rostlanadigan asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasi qo‘llanilgan holda boshqariladigan nasos agregatlaridagi uch fazali asinxron motorlarni energiya tejamkor ish rejimlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
tashqi taʼsirlarni inobatga olgan holda chastotali rostlanadigan asinxron elektr yuritmali nasos qurilmasi tizimini qo‘llanilgan holda boshqariladigan nasos agregatlaridagi uch fazali asinxron motorlarni energiya tejamkor ish rejimlari tizimi “Andijon Biokimyo Zavodi” AJ va EVEREST ASBEST” MChJlarda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04-11-3407‒son maʼlumotnomasi). Natijada, texnologik jarayonda qo‘llaniladigan nasos qurilmalarini foydalanishda 3 ta tashqi ta’sirni inobatgan olgan holda rostlash evaziga chastota o‘zgartgich orqali optimal boshqarish imkoniyati yaratilingan;
nasos qurilmasining ish rejimini chastotali rostlash asosida rezervuardagi suv sathini boshqarishda energiya tejashni ta’minlaydigan takomillashtirilgan usul “Andijon Biokimyo Zavodi” AJ va EVEREST ASBEST” MChJlarda joriy etilgan (Energetika vazirligining 2024 yil 17 maydagi 04-11-3407‒son maʼlumotnomasi). Natijada, rezervuardagi suv sathini nazorat qilishda tavsiya etilgan 6 ta maqbul diapazonga mos holdagi chastota va kuchlanish orqali asinxron elektr yuritmali nasos qurilmalarini elektr energiya bilan ta’minlashda korxonalardagi 110 kW va 45 kWlik nasos agregatlarida energiya tejamkor ish rejimlari qo‘llangan holatda yillik samaradorlik ko‘rsatkichi 3,1% bo‘lib, 153,2 mln.so‘m iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish