Jalolov Ikromjon Isomiddinovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “L. Xyormander fazosida optimal kvadratur formulalar ”, 01.01.03–Hisoblash matematikasi va diskret matematika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/FM603.
Ilmiy rahbar: Shadimetov Xolmatvay Maxkambaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Hayotov Abdullo Roxmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Urunboev Erkin, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Differensiallanuvchi funksiyalarning 
L. Xyormander fazosida panjarali optimal kvadratur formulalar qurish va ularning xatolik funksionali normalarini hisoblashdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
    vaznli kvadratur formulalarning xatolik funksionali normasi kvadratining ifodasini ekstremal funksiya tushunchasidan foydalanib topilgan; 
L. Xyormanderning   fazosida vaznli optimal kvadratur formula mavjudligi va yagonaligini Sobolev metodi yordamida isbotlangan;
  fazoda  ixtiyoriy   da vaznli kvadratur formulaning optimal koeffisientlarini aniqlash uchun differensial operatorning diskret analogi qurilgan;
L. Xyormanderning   fazosida   da differensial operatorlarning diskret analogidan foydalanib panjarali  optimal kvadratur formulalar qurilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: L. Xyormanderning   fazosida panjarali optimal kvadratur formulalar qurish boʻyicha olingan yangi ilmiy natijalar asosida:
    yuqori tartibli differensial operatorning   diskret analogi asosida qurilgan optimal kvadratur formuladan “Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal o‘qli shamol turbinasi yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida shamol turbinalarining samarali parametrlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi M.T. O‘rozboev nomidagi mexanika va inshotlar seysmik mustahkamligi institutining 2024-yil 5-iyundagi 508-3-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, shamol turbinalarining samarali parametrlarini aniqlash jarayonida hosil bo‘lgan matematik model tenglamalarini taqribiy echish imkonini bergan;
    differensiallanuvchi funksiyalarning L. Xyormander fazosida qurilgan optimal kvadratur formulalardan “Birjinslimas g‘ovak muhitida suyuqlik sizishi va moddalar ko‘chishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusidagi fundamental grantda makroporali va mikroporali silindrik zonalardan tashkil topgan g‘ovak muhitlarda adsorbsiya hodisasini hisobga olib moddaning anomal ko‘chishi masalalarini sonli tadqiq etishda foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining 2024-yil 10-iyundagi 10-2750-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, makroporali va mikroporali silindrik zonalardan tashkil topgan g‘ovak muhitlarda adsorbsiya hodisasini hisobga olib modda ko‘chishi masalalarini sonli tadqiq etishda zonalar o‘rtasida nisbiy umumiy va jamlanma modda almashinish uchun integral munosabatlarni samarali hisoblash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish