Latipov Normurod Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati shaharlari ekologik holati va aholi salomatligining ijtimoiy geografik jihatlari», 11.00.02 – Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr334.
Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Karshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07. 
Rasmiy opponentlar: Turdimambetov Izimbet Raxmetovich, geografiya fanlari doktori, professor; Abdalova Zulxumor Tairovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Navoiy viloyati shaharlarining ekologik holatini baholash asosida urboekologik vaziyatini yaxshilash bo‘yicha taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyati shaharlari urboekologik indikatorlar (atmosfera havosi sifati, yashil hududlar maydoni, shovqin darajasi, ichimlik suvining sifati, chiqindilar bilan ifloslanishi va aholi kasallanish ko‘rsatkichlari) asosida baholangan va guruhlashtirilgan;
Navoiy viloyatining sanoatlashgan Navoiy hamda Zarafshon shaharlarida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar va aholi kasallanishi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorlik aniqlangan;
ARIMA metodini qo‘llagan holda Navoiy va Zarafshon shaharlarida aholining ayrim kasallik guruhlari hamda atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining ekonometrik modeli va 2028-yilgacha prognozi ishlab chiqilgan;
ekspert va sotsiologik so‘rov natijalari asosida Navoiy viloyati shaharlarining barqaror ekologik rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyati shaharlari ekologik holati va aholi salomatligining ijtimoiy geografik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyati shaharlarining urboekologik indikatorlar (atmosfera havosi va ichimlik suvining sifati, yashil hududlar maydoni, shovqin darajasi, chiqindilar bilan ifloslanishi va aholi kasallanish ko‘rsatkichlari) asosidagi baholashlaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-03/6445-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan Navoiy viloyati shaharlari ekologik holatini kompleks baholash imkonini bergan; 
Navoiy hamda Zarafshon shaharlarida atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar va aholi kasallanish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion aloqadorliklar tahlillaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi amaliyotlarida foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-03/6445-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 2-iyuldagi 02245796-son ma’lumotnomalari). Natijada, Navoiy viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi sohasidagi 2024-yil uchun eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish imkonini bergan;
ARIMA metodini qo‘llagan holda Navoiy va Zarafshon shaharlarida aholining ayrim kasallik guruhlari hamda atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalar miqdorining ekonometrik modeli va 2028-yilgacha prognozidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi amaliyotlarida foydalanilgan   (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-03/6445-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 2-iyuldagi 02245796-son ma’lumotnomalari). Olingan natijalardan “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hudularini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqish” dasturida belgilangan ustuvor ekologik vazifalar ijrosini ta’minlash imkonini bergan;
ekspert va sotsiologik so‘rov natijalari asosida Navoiy viloyati shaharlarining barqaror ekologik rivojlanishi va aholi salomatligi bilan bogʻliq taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2024-yil 3-iyuldagi 03-03/6445-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natija va xulosalardan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Navoiy viloyati boshqarmasining axborot va nazorat tahlil ishlarini samaradorligini oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish