Usmonova Malikaxon Komiljon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Deksketoprofen trometamol asosida kapsula va in’eksiya uchun eritma texnologiyasini ishlab chiqish» 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Far119.
Ilmiy rahbar: Maksudova Firuza Xurshidovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.04/30.12.2019.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Zarifa Alimjanovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor; Mirakilova Dilfuza Batirovna, farmatsevtika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nosteroid yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega deksketoprofen trometamol substansiyasi asosida ichakda eriydigan kapsula va inyeksiya uchun eritma dori shakllari texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor deksketoprofen trometamol substansiyasining texnologik va struktura-mexanik xossalarini aniqlash natijasida «Maldeksal» ichakda eriydigan kapsula dori shakli tarkibi va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega inyeksiya uchun eritma shaklidagi generik preparati uchun tarkib takomillashtirilgan va va texnologiyalari ishlab chiqilgan;
ichakda eriydigan kapsulalar hamda inyeksiya uchun eritma shaklidagi tavsiya qilinayotgan preparatlarning sifat va miqdor ko‘rsatkichlari me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiqligi isbotlangan;
ilk bor «Maldeksal» ichakda eriydigan kapsulani biofarmatsevtik nuqtai nazardan in vitro usuli yordamida baholash uchun «Eruvchanlik» testini o‘tkazish sharoitlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Deksketoprofen trometamol asosida kapsula va in’eksiya uchun eritma texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Fordeksa» in’eksiya uchun eritmaga korxona farmakopeya maqolasi (FSP 42 Uz-30124544-5207-2023) O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasi tomonidan tasdiqlangan va tibbiyotda qo‘llashga ruxsat etilgan (DV/M 04364 /12/22 21 /12/22-sonli guvohnoma). Natijada, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega samarador dori vositasini mahalliy farmatsevtik korxonada ishlab chiqish imkonini bergan;
«Maldeksal» kapsulasi uchun korxona farmakopeya maqolasi loyihasi O‘zR SSV huzuridagi «Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun topshirilgan («Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi Markazi» Davlat muassasasining 2024 yil 26 iyuldagi 41/11-10045-son xati, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Ushbu me’yoriy hujjatning tasdiqlanishi nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalar assortimentini kengaytirish imkonini beradi;
o‘tkazilgan  klinik oldi sinovlar natijasida «Maldeksal» kapsulasining spesifik farmakologik faolligi hamda o‘tkir zaharli emasligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada ishonchli og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega bezarar dori vositasini ishlab chiqarish imkonini bergan; 
«Maldeksal» ichakda eriydigan kapsula texnologiyasini ishlab chiqishga oid natijalar asosida «60910800-sanoat farmatsiya (turlari bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha «Sanoat farmatsiyasi» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Guvohnoma № 000-065). Natijada, farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimlarini  boyitish va mustahkamlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish