Akramov Izzatulla Ikromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ingliz va o‘zbek tillari aforizmlari milliy dunyo manzarasini aks ettiruvchi birliklar sifatida», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.3.PhD/Fil2750.
Ilmiy rahbar: Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Firuza Melsovna, filologiya fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilorom Nigmatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida aforizmlar qo‘llanilishining lisoniy dunyo tasviri ifodasiga xos xususiyatlari qiyosiy aspektda yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aforizmlar xalq og‘zaki ijodida va badiiy adabiyotda, diniy va falsafiy asarlarda, ilmiy-texnikaviy kommunikatsiya sohasida, huquqiy va publisistik matnlarda, nutq va kundalik so‘zlashuvlarda keng tarqalgan birliklar tarzida haqiqatni bilish mahsuli o‘laroq inson ma’naviy va ijtimoiy hayotining ko‘plab sohalarida keng qo‘llanilishi aniqlangan;
olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi birliklar ko‘rinishida voqelanuvchi aforizmlar - umumiy haqiqat, mushohada va hikmatni ifodalovchi ixcham gaplar yoki ma’no jihatidan salmoqdor birliklar sifatida ularni 1) mualliflikning mavjudligi; 2) paradoksning mavjudligi; 3) aytilgan fikrga isbot talab etilmaslikning mavjudligi; 4) tafakkur qilishga undashning mavjudligi kabi mezonlar asosida ta’riflanishiga asos bo‘lishi isbotlangan;
umumbashariy aforizmlarda lingvistik birlik sifatida diskursiv avtonomiya va nominativlik xususiyatlarining belgilanishi va mazmun planining substansiallik kasb etishi namoyon bo‘lsa, milliy aforizmlarda muayyan jamoa yoki mamlakatning o‘ziga xos qadriyatlari, an’analari va donishmandligini, ushbu madaniyatga xos bo‘lgan til va metaforalardan foydalanib, milliy tushunchalarni aks ettirishi va bu madaniy kontekstdan tashqarida bir xil rezonans yoki ma’noga ega bo‘lmasligi asoslangan;
o‘zbek tilidagi aforizmlar madaniy o‘zlikni qamrab olish, vatanparvarlikni targ‘ib qilish, birlikka urg‘u berish, tarixiy rivoyatlarni aks ettirish orqali milliylik ruhini ifodalash va tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi; ingliz tilidagi aforizmlar esa ingliz tilida so‘zlashuvchi dunyoning jamoaviy ongi va o‘ziga xosligi jihatlarini qamrab oluvchi madaniy artefaktlar sifatida madaniy qadriyatlar va normalarni, tarixiy istiqbolni, hazil va yumor, adabiy-badiiy ta’sir kabi funksiyalarni ifodalashi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida aforizmlar qo‘llanilishining lisoniy dunyo tasviri ifodasiga xos xususiyatlari qiyosiy aspektda yoritish bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
aforizmlar xalq og‘zaki ijodida va badiiy adabiyotda, diniy va falsafiy asarlarda, ilmiy-texnikaviy kommunikatsiya sohasida, huquqiy va publisistik matnlarda, nutq va kundalik so‘zlashuvlarda keng tarqalgan birliklar tarzida haqiqatni bilish mahsuli o‘laroq inson ma’naviy va ijtimoiy hayotining ko‘plab sohalarida keng qo‘llanilishiga oid nazariy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 30-oktyabrdagi №04/1-3090-son ma’lumotnomasi). Natijada aforizmlar haqidagi yangi qarashlar aforizmlarni nutq janri sifatida tadqiq qilishda muayyan darajada ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi birliklar ko‘rinishida voqelanuvchi aforizmlar - umumiy haqiqat, mushohada va hikmatni ifodalovchi ixcham gaplar yoki ma’no jihatidan salmoqdor birliklar sifatida ularni 1) mualliflik mavjudligi; 2) paradoksning mavjudligi; 3) aytilgan fikrga isbot talab etilmaslikning mavjudligi; 4) tafakkur qilishga undashning mavjudligi kabi mezonlar asosida ta’riflanishiga asos bo‘lishiga oid xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2016-2018 yillarda amalga oshirilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+ CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy talim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli xorijiy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 18-oktyabrdagi №858/02-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi birliklar ko‘rinishida voqelanuvchi aforizmlarni ta’riflash metodologiyasi orqali filologik lug‘atlarini takomillashtirishda asoslashga erishilgan;
o‘zbek tilidagi aforizmlar madaniy o‘zlikni qamrab olish, vatanparvarlikni targ‘ib qilish, birlikka urg‘u berish, tarixiy rivoyatlarni aks ettirish orqali milliylik ruhini ifodalash va tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi; ingliz tilidagi aforizmlar esa ingliz tilida so‘zlashuvchi dunyoning jamoaviy ongi va o‘ziga xosligining jihatlarini qamrab oluvchi madaniy artefaktlar sifatida madaniy qadriyatlar va normalarni, tarixiy istiqbolni, hazil va yumor, adabiy-badiiy ta’sir kabi funksiyalarni ifodalashi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Til - millat ko‘zgusi”, “Assalom, Buxoro”, “Adabiy muhit” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2024-yil 22-oktyabrdagi №01-09-161-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlar orqali muxlislarning milliylik ruhini ifodalash va tarbiyalash vositasi bo‘lib xizmat qilishi haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga va boyitishga erishilgan.