Maxkamova Dilafruz Alievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash metodikasi (Pedagogika nazariyasi va tarixi fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.1.PhD/Ped3137
Ilmiy rahbar: Artikova Muhayyo Botiralievna pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02 
Rasmiy opponentlar: 
 Temirov Nabijon Solievich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Shoyimova Shoira Sanaqulovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashni pedagogika nazariyasi va tarixi fanini o‘qitish misolida takomillashtirish va zarur amaliu tatbiqiu tavsiualar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:  
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarining kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning mazmuni va ilmiy-nazariy, metodologik yondashuvlarini shaxsiy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv komponentlarning rag‘batlantiruvchi, kommunikativ, translyasion, regulyativ funksiyalar bilan optimal identivligining korreksion-rivojlantiruvchi dinamikligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
talabalarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga  tayyorlashning pedagogik texnologiyalari o‘quvchilarning kasblarga oid shaxsiy, ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari hamda tasavvurlarini kasblarga qo‘yilayotgan talablar va ularning rivojlanish tendensiyalarini futurologik baholash bilan integrativligini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlashga oid mavzularni o‘qitishning didaktik imkoniyatlari faoliyat mazmunini tashkil qiluvchi kasbga doir shaxsiy reja tuzish, tanlangan kasbga doir ma’lumotlarni tahlil qilish, kasb psixogrammasi, kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash kabi bosqichlarini  “Mening orzularim”, “Aqlli, biroq muvaffaqiyasiz”, “Fotosuratning mazmuni”, “Ayollar kasbi-erkaklar kasbi”, “Karera yo‘lidagi to‘siqlar”, “O‘zim bilan shartnoma” integrativ yondashuv asosida shakllantirilgan mualliflik yondashuvlarini  didaktik samaradorligini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan
 “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash” modeli noan’anaviy, interfaol, innovatsion shakl va usullar, integratsion texnologiyalar, uzlyuksizlik, izchillik, tizimlilik, innovatsion, kollaborativ yondashuv tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarining kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning mazmuni va ilmiy-nazariy, metodologik yondashuvlarini shaxsiy, kognitiv-faoliyatli, refleksiv komponentlarning rag‘batlantiruvchi, kommunikativ, translyasion, regulyativ funksiyalar bilan optimal identivligining korreksion-rivojlantiruvchi dinamikligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir takliflari 60110100 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun tayyorlangan “Kasb-hunarga yo‘naltirish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi №02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlash mazmunini takomillashtirish va samaradorligini ortishiga erishilgan;
talabalarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga  tayyorlashning pedagogik texnologiyalari o‘quvchilarning kasblarga oid shaxsiy, ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari hamda tasavvurlarini kasblarga qo‘yilayotgan talablar va ularning rivojlanish tendensiyalarini futurologik baholash bilan integrativligini ta’minlash mantiqiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalari “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari hamda maskanlari faoliyati mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2024-yil 1-iyuldagi №01/00-03/13-6549 sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlashning metodik ta’minotini ortishiga erishilgan;
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanida bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlashga oid mavzularni o‘qitishning didaktik imkoniyatlari faoliyat mazmunini tashkil qiluvchi kasbga doir shaxsiy reja tuzish, tanlangan kasbga doir ma’lumotlarni tahlil qilish, kasb psixogrammasi, kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash kabi bosqichlarini  “Mening orzularim”, “Aqlli, biroq muvaffaqiyasiz”, “Fotosuratning mazmuni”, “Ayollar kasbi-erkaklar kasbi”, “Karera yo‘lidagi to‘siqlar”, “O‘zim bilan shartnoma” integrativ yondashuv asosida shakllantirilgan mualliflik yondashuvlarini  didaktik samaradorligini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalari 60110100 – Pedagogika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari uchun tayyorlangan “Kasb-hunarga yo‘naltirish” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi №02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuv faoliyatiga tayyorlashning o‘quv-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
“Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash” modeli noan’anaviy, interfaol, innovatsion shakl va usullar, integratsion texnologiyalar, uzlyuksizlik, izchillik, tizimlilik, innovatsion, kollaborativ yondashuv tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va xulosalar 60110100 – Pedagogika bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun darslik “Kasb-hunarga yo‘naltirish“ darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-noyabrdagi №02/01-01-98-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lakak o‘qituvchilarning o‘quvchilarni kasbiy ijtimoiylashuvini baholash hamda diagnostika qilish komeptensiyalarini rovojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish