Xonbabaev Shoxruxbek Dilshodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash metodikasi (Umumiy pedagogika fani misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/Ped7188
Ilmiy rahbar: Siddiqov Baxtiyor Saidqulovich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02
Rasmiy opponentlar:
Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Abdullaeva Nasiba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash tizimi komponentlari va tayanch kompetensiyalari mazmuni raqamli texnologiyalar vositasida boyitish va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishning pedagogik mazmuni va imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish (madaniy merosga hurmat, tolerantlik va bag'rikenglik, insonparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik) xususiyatlari va ularning integrativ xossalarini (ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari) aniqlashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy va umummadaniy kompetentligini rivojlantirishga tayyorlash tizimi takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlashning funksional modeli modelining mazmunli komponenti o‘quv mashg‘ulotlari va tarbiyaviy jarayonga “Muqobil muhit”, “Ijodiy topshiriq”, “Sharshara”, “Kelajakka nazar” kabi intefaol metodlarni kiritish hamda bilish faoliyati va kasbiy yo‘naltirilgan munosabatlar jarayonlari bilan ichki aloqadorligini shaxsga yo‘naltirilgan, jarayonli, mahsuldor yondashuvlarga ko‘ra ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlash texnologiyalari o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan talabalarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlikni ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash metodikasi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash tizimi komponentlari (aksiologik, tizimli-faoliyatli, rivojlantiruvchi) va tayanch kompetensiyalari (bilish, axborot, kommunikativ) mazmuni innovatsion texnologiyalar vositasida improvizatsiya va refleksivlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan takliflar FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 3-yanvardagi 11-05-04/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirish (erkalash, ardoqlash, yaxshilikka yo‘naltiruvchi, o‘git-nasihat, orzu-umidga yo‘g‘rilgan, ta’limiy maqol, topishmoqlar) xususiyatlari va ularning integrativ xossalarini (ijodiy, emotsional-rag‘batlovchi, variativ o‘quv topshiriqlari) aniqlashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni milliy va umummadaniy kompetentlik tarbiyasiga tayyorlash tizimi takomillashga oid tavsiyalar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan №391155-raqamli nashr ruxsatnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan “Tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024 yil 22 iyuldagi 04/3823-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash tizimi komponentlari va tamoyillari aniqlashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlashning funksional modeli shaxsga yo‘naltirilgan faoliyatli yondashuvning kognitiv prinsiplarini pedagogik jarayonning protsessual va psixologik ta’siriga ergonomik talablar asosiga ko‘ra maqsadli uyg‘unlashtirish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi loyiha doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 3-yanvardagi 11-05-04/04-son dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlashning funksional modelini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga tayyorlash texnologiyalari o‘quv jarayonining qadriyatli-maqsadli me’yorlari bilan talabalarning analitik, ijodiy va tanqidiy fikrlash madaniyati o‘rtasidagi integrativ aloqadorlikni ta’minlash asosida ishlab chiqilganligiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘i asosida berilgan №391155-raqamli nashr ruxsatnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan “Tarbiya” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024 yil 22 iyuldagi 04/3823-son dalolatnomasi). Natijalarning joriy qilinishi bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni rivojlantirishga tayyorlash tizimi komponentlari va tamoyillari aniqlashtirishga xizmat qilgan.