Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi “Ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1417.
Ilmiy rahbar: Yusupov Sardorbek Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, dotsent Narimonov Bekzod Abduvalievich; yuridik fanlar nomzodi, professor Xojiev Erkin Tuyg‘unovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy Kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishning huquqiy asoslarini tartibga solishning ilmiy-nazariy, amaliy va qonunchilik muammolarini tizimli o‘rganish asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsadlar qonunchilikda aniq belgilanishi, bunda er uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanishi lozimligi asoslantirib berilgan;
er uchastkalarini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni rad etishning asoslari sifatida er uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbus ushbu qonunda aniq belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlar huzuridagi kuzatuv kengashining yozma roziligi mavjud bo‘lmagan hollarni qonunchilikda aks ettirish lozimligi asoslantirilgan;
er uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va ko‘chmas mulk obektlarini buzish to‘g‘risidagi qarorlari qonunga xilof deb topilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarning o‘rni, birinchi navbatda, markazlashtirilgan jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan qoplanib, keyinchalik ushbu mablag‘lar aybdor shaxslardan regress tartibida undirilishi kerakligi asoslab berilgan;
franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishda kompleks mutlaq huquqlarning muvofiq bo‘lmagan huquq egalari (huquqdan foydalalnuvchilar) tomonidan murojaat qilinganligi asos bo‘lishi lozimlgi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsadlar qonunchilikda aniq belgilanishi, bunda er uchastkalarining har qanday boshqa maqsadlarda olib qo‘yilishini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish sifatida talqin etish taqiqlanishi lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘gʻrisida”gi O‘RQ–781-son Qonunining 4-moddasi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 10-maydagi
3/08-74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘gʻrisidagi ma’muriy hujjatlarni qabul qilishning mezonlarini aniqlashga xizmat qilgan;
er uchastkalarini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusni rad etish asoslari sifatida er uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbus ushbu qonunda aniq belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmaganda hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari huzuridagi kuzatuv kengashining yozma roziligi mavjud bo‘lmagan hollarni qonunchilikda aks ettirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘gʻrisida”gi O‘RQ–781-son Qonunining 18-moddasi birinchi qismi birinchi va oltinchi xatboshilarini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 10-maydagi 3/08-74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy hujjatni qabul qilish va bekor qilishda tinglash va manfaatdor shaxsni xabardor qilish hamda ishonchni himoya qilish prinsiplarini ta’minlashga xizmat qilgan;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jo‘qorgʻi KenGESining, mahalliy Kengashning er uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish va ko‘chmas mulk obektlarini buzish to‘gʻrisidagi qarorlari qonunga xilof deb topilgan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslarga etkazilgan zararlarning o‘rni, birinchi navbatda, markazlashtirilgan jamgʻarmalarning mablagʻlari hisobidan qoplanib, keyinchalik ushbu mablagʻlar aybdor shaxslardan regress tartibida undirilishi kerakligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘gʻrisida”gi O‘RQ–781-son Qonunining 38-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 10-maydagi 3/08-74-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy hujjatni qabul qilish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishda manfaatdor shaxsning ishonchini himoya qilishni ta’minlashga xizmat qilgan;
franshizing shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda kompleks mutlaq huquqlarning muvofiq bo‘lmagan huquq egalari (huquqdan foydalanuvchilar) tomonidan murojaat qilingani asos bo‘lishi lozimligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 24-iyundagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan Kompleks tadbirkorlik lisenziyasi (franshizing) shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentining 15-bandi kichik xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022-yil 18-dekabrdagi 12/21-100-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ma’muriy tartib-taomillar prinsiplariga muvofiq qonunchilikning qo‘llanishi, ma’muriy organlar tomonidan qaror qabul qilishda tartib-taomillarga rioya qilinishini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.