Saidova Dilnoza Maripovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 03/30.01.2020.Ped.26.01.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Baxtixon Quchqarboevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizova Qizlarxon Mashrabona, pedagogika fanlari yo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yangi avlod o‘quv rejalari va dasturlari mazmunini mustaqil ta’lim olishga motivatsiyalashtirish hamda maqsadga yo‘nalganlik, izchillik, o‘zaro bog‘liq va faoliyatli-kognitiv, motivatsion-adekvat kompetensiyalarini mazmunli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi  subekt-subekt munosabatlari mobilligini oshirishga yo‘naltirilgan izchillik, mobillik, uzviylik tamoyillariga bosqichma-bosqich moslashtirish hamda iste’dod va qobiliyatni tashhislashning pedagogik talabalarini aniqlash asosida takomillashtirilgan; 
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi pedagoglarning o‘quv motivlarini mazmunga uyg‘un moslashtirish, elektron innovatsion texnologiyalar, modulli o‘quv metodik ta’minot yaratish hamda yangiliklarni qo‘llash va ta’lim sharoitlariga moslashtirish  asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi nostandart masalalarni echish, yosh va individual xususiyatlarini guruhlash hamda o‘z faoliyatini yangilash motivatsiyasini oshirishda xalqaro ilg‘or tajribalarni maqsadli foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yangi avlod o‘quv rejalari va dasturlari mazmuni mustaqil ta’lim olishga motivatsiyalashtirish hamda maqsadga yo‘nalganlik, izchillik, o‘zaro bog‘liq va faoliyatli-kognitiv, motivatsion-adekvat kompetensiyalarini mazmunli uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tabaqalashtirilgan uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursi uchun”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057571/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish metodikasi  subekt-subekt munosabatlari mobilligini oshirishga yo‘naltirilgan izchillik, mobillik, uzviylik tamoyillariga bosqichma-bosqich moslashtirish hamda iste’dod va qobiliyatni tashhislashning pedagogik talabalarini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tabaqalashtirilgan uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursi uchun”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057571/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning innovatsion ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi pedagoglarning o‘quv motivlarini mazmunga uyg‘un moslashtirish, elektron innovatsion texnologiyalar, modulli o‘quv metodik ta’minot yaratish hamda yangiliklarni qo‘llash va ta’lim sharoitlariga moslashtirish  asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tabaqalashtirilgan uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursi uchun”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057571/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan.
malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini rivojlantirish samaradorligi nostandart masalalarni echish, yosh va individual xususiyatlarini guruhlash hamda o‘z faoliyatini yangilash motivatsiyasini oshirishda xalqaro ilg‘or tajribalarni maqsadli foydalanish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari tabaqalashtirilgan uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursi uchun”  nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 28-dekabrdagi 11-057571/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismlarini aniqlashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish