Mirzaev Sarvarbek Avazbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt3342.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar iqtisodiyot fanlari doktori, professor Maxmudov Odiljon Xolmirzaevich; iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Mirsodiqov Abdulla Tursunalievich.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini baholash yondashuvi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish xizmatlari, o‘zlashtiriladigan investisiyalar, eksport hajmi va hududiy ijtimoiy maqsadli omillarni uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
klaster boshqaruvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda korxonalar tashkiliy tuzilmasida “Muvofiqlashtiruvchi markaz”ni tashkil etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqaruv jarayonini davomiylik fazasi va maqsadli dasturlarning rejalari bajarilishini ball asosida baholashga ko‘ra takomillashtirilgan;
Andijon viloyati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish materiallari hajmini 2024-2026-yillarda qo‘shimcha o‘sishini qurilishga o‘zlashtirilgan investisiyalar, qurilish xizmatlari, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish sohasida hisoblangan soliq to‘lovlari hajmi hamda qurilish korxonalar tomonidan yaratilgan qurilish hajmi omillari ta’siri asosida prognoz ko‘rsatichlari ishlab chiqilgan.
IV. Qurilish materiallari sanoati korxonalarida boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishi yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligini baholash yondashuvi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish xizmatlari, o‘zlashtiriladigan investisiyalar, eksport hajmi va hududiy ijtimoiy maqsadli omillarni uyg‘unligiga ko‘ra takomillashtirish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan va “Standart g‘isht” MChJ amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 12-avgustdagi 04/13-2253-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qurilish sanoati korxonalari boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi samaradorligiga ko‘ra ta’sir etuvchi omillar asosida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish materiallari hajmining 0,5%ga oshishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
klaster boshqaruvga ko‘ra qurilish materiallari sanoati korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishda korxonalar tashkiliy tuzilmasida “Muvofiqlashtiruvchi markaz”ni tashkil etish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 12-avgustdagi 04/13-2253-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “Muxammadali Kimyoxon hoji avlodi” MChJ, “Dabeer” MChJ korxonalarida “Muvofiqlashtiruvchi markaz” tuzilmasining tashkil qilinishi hisobiga mahsulot ishlab chiqarish hajmining 8%ga ortishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalari boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi boshqaruv jarayonini davomiylik fazasi va maqsadli dasturlarning rejalari bajarilishini ball asosida baholash bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda hamda “Muxammadali Kimyoxon hoji avlodi” MChJ amaliyotida foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil
12-avgustdagi 04/13-2253-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “Muxammadali Kimyoxon hoji avlodi avlodi” MChJ korxonasining samaradorlik ko‘rsatkichlarini 5%ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Andijon viloyati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish materiallari hajmini 2024-2026-yillarda qo‘shimcha o‘sishini qurilishga o‘zlashtirilgan investisiyalar, qurilish xizmatlari, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan qurilish sohasida hisoblangan soliq to‘lovlari hajmi hamda qurilish korxonalar tomonidan yaratilgan qurilish hajmi omillari ta’siri asosida prognoz ko‘rsatichlari bo‘yicha takliflardan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tomonidan “Hududlarda qurilish materiallarini ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 12-avgustdagi 04/13-2253-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif uyushma va “Standart g‘isht” MChJ korxonasi imkoniyatlaridan maqsadli foydalanish hisobiga istiqbolda ishlab chiqarish hajmini muayyan darajada oshirishga xizmat qilgan.