Alimov Baxtiyor Shavkatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inomjon Xidiralievning hayoti va ijtimoiy-siyosiy, diplomatik faoliyati  (1891 – 1928-yillar) ”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. PhD/Tar1211
Ilmiy rahbar: Shamsutdinov Rustambek Temirovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Farxod Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Kamilov Abdisalim Kamilovich, tarix fanlari nomzodii, dotsent
Yetakchi tashkilot:   Farg‘ona davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  taniqli davlat va jamoat arbobi, Farg‘ona oblast partiya komiteti raisi, Turkiston ASSR Er ishlari xalq komissari, Turkiston ASSR MIK raisi, Turkistonning Moskvadagi muxtor vakili, O‘zbekiston SSR Er ishlari xalq komissari, O‘zSSR qishloq xo‘jalik banki raisi, SSSR qishloq xo‘jalik banki mas’ul xodimi, publisist va diplomat Inomjon Xidiralievning hayoti va faoliyatini ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Inomjon Xidiralievning Turkistondagi er-suv islohotlaridagi ishtiroki, qishloq xo‘jaligi va ta’lim tizimi sohalaridagi faoliyati, Sharq xalqlari I-sezdidagi ishtiroki, uning diplomatik faoliyati arxiv manbalari va davriy nashr ma’lumotlari bilan ochib berilgan;
I.Xidiralievning London konferensiyasida xorij muxbirlariga Turkiston tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga oid bergan ma’lumotlari, uning xorij matbuotida e’lon qilgan maqolalari xorij manbalari asosida aniqlangan;
I.Xidiralievning Turkiston ASSRning RSFSR (Moskva)dagi muxtor vakili sifatida Turkiston, BXSRlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muammolarni ochib berganligi, bu respublikalar o‘rtasidagi har tomonlama aloqalarni rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish mumkinligi borasidagi fikrlari davriy nashrlardagi chiqishlari va maqolalari bilan dalillangan; 
I.Xidiralievning Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini yorituvchi, milliy kutubxona va xorijdagi kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan davriy nashrlardan o‘rin olgan maqolalar o‘rganilib, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inomjon Xidiralievning hayoti, ijtimoiy-siyosiy, diplomatik va publisistik faoliyatini o‘rganish davomida olingan natijalar, xulosalar va amaliy tavsiyalardan:
Inomjon Xidiralievning Turkistondagi er-suv islohotlaridagi ishtiroki, qishloq xo‘jaligi va ta’lim tizimi sohalaridagi faoliyati, Sharq xalqlari I-sezdidagi ishtiroki, uning diplomatik faoliyati arxiv manbalari va davriy nashr ma’lumotlaridan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Sovet davlati tuzumi davrida Turkiston, O‘zbekiston SSR zallari eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2483-raqamli ma’lumotnomasi), Taqdim etilgan materiallar mahalliy va xorijiy tashrif buyuruvchilarni yangi ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan; 
I.Xidiralievning London konferensiyasida xorij muxbirlariga Turkiston tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga oid bergan maʼlumotlari, uning xorij matbuotida eʼlon qilinganligi kabi ma’lumotlaridan  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzuridagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi Sovet davlati tuzumi davrida Turkiston, O‘zbekiston SSR zallari eksponatlarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2024-yil 8-noyabrdagi 3/1255-2483-raqamli ma’lumotnomasi).     Taqdim etilgan materiallar muzey fondlarini yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga va sovet tuzumi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarida faol qatnashgan Inomjon Xidiralievning merosini ilmiy asoslab yoritishga xizmat qilgan;
I.Xidiralievning Turkiston ASSRning RSFSR (Moskva)dagi muxtor vakili sifatida Turkiston, BXSRlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid muammolarni ochib berganligiga doir ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdirlar” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-739-sonli ma’lumotnomasi). Bu materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Inomjon Xidiralievning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bo‘yicha aniq tasavvurlar hosil qilishga, ularni yangi ilmiy axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan.
I.Xidiralievning Turkiston ASSR, O‘zbekiston SSRning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotini yorituvchi, milliy kutubxonasi va xorijdagi kutubxonalar fondlarida saqlanayotgan davriy nashrlardan o‘rin olgan publisistik maqolalari o‘rganilib, ularning ilmiy-amaliy tahlillaridan  “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdirlar” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 28-iyundagi 06-31-739-sonli ma’lumotnomasi). Bu materiallar ko‘rsatuvni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarda Inomjon Xidiralievning davlat va jamoat arbobi sifatidagi faoliyati bo‘yicha aniq tasavvurlar hosil qilishga, ularni yangi ilmiy axborotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish