Toshxo‘jaev Abulaxad Abdulxafiz o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Avtomobil sanoatida ishlatiladigan polimerlarni fizik-mexanik xossalarini yaxshilovchi qo‘shimchalar olish va qo‘llash», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4595.
Ilmiy rahbar: Vafaev Oybek Shukurulaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Turaev Erkin Rustamovich, texnika fanlari doktori; Turdiqulov Islom Xayitboy o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simlik moylari va dietanolamin asosida avtomobillarning interer qismlarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan polimer kompozit materiallarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilovchi qo‘shimchalar olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kungaboqar moyi va dietanolamin asosida polimer kompozit materiallar uchun tirnalishga qarshi qo‘shimchalar sintez qilingan hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari zamonaviy tadqiqot usullari yordamida aniqlangan;
olingan CKD-1.5 markali qo‘shimchani avtomobil interer detallari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan polipropilen asosidagi polimer kompozit materiallarga qo‘shish uchun maqbul nisbat ishlab chiqilgan;
2,5% CKD-1.5 markali qo‘shimcha qo‘shilganda polipropilen asosidagi polimer kompozit material namunalarining tirnalish ko‘rsatkichi ΔE=5.38-6.01 dan ΔE=1.65-1.88 ga, yuza notekisligi 0,933 mkmdan 0,255 mkmga yaxshilanganligi aniqlangan;
kungaboqar moyi va dietanolamin asosida avtomobil interer detallarini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan polimer kompozit materiallarga tirnalishga qarshi qo‘shimchalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dietanolamin va o‘simlik moylari asosida polimer materiallar uchun qo‘shimchalar ishlab chiqarish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dietanolamin va kungaboqar moyi asosidagi qo‘shimchalar “UzAuto CEPLA” MChJ QKning “2024-2027 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“UzAuto CEPLA” MChJ QKning 2024 yil 3 maydagi 24-0054-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polipropilen asosidagi polimer kompozit materiallar uchun import qilinayotgan tirnalishga chidamlilikni yaxshilovchi qo‘shimchani mahalliylashtirish imkonini beradi;
tarkibida CKD-1.5 saqlagan polimer kompozit materiallar “UzAuto CEPLA” MChJ QKda amaliyotga joriy qilingan (“UzAuto CEPLA” MChJ QKning 2024 yil 3 maydagi 24-0054-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, polipropilen asosida ishlab chiqarilayotgan polimer kompozit materiallarning fizik-mexanik xossalarini oshirish imkonini bergan.