Soatov Sirojiddin O‘ralovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Rezina qorishmalari va PVX kompozisiyalari uchun plastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda qo‘llanilishi», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T2785.
Ilmiy rahbar: Sottiqulov Elyor Sotimboevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Lutfullaev Sa’dulla Shukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida rezina qorishmalari va PVX kompozisiyalarini samarali plastifikatsiyalovchi plastifikatorlar olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ularni qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ikkilamchi xomashyolar ishtirokida rezina qorishmalari va PVX kompozisiyalari uchun plastifikatorlar sintez qilingan, hamda sintez jarayonining maqbul sharoitlari aniqlangan;
plastifikatorlar sintezida katalizator sifatida sulfat kislota va izoamil spirti aralashmasini qo‘llash eterifikatsiya reaksiyasining kondensatsiya jarayonini stabillashtirishi ilmiy asoslangan;
rezina qorishmalarida qo‘llash uchun malein angidridi, 2-etilgeksanol, izoamil spirti asosidagi alifatik plasifikatorlarning optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
izoamil spirti asosida olingan plastifikatorlarning muzlash haroratlari ananaviy plastifikatorlarga nisbatan 7-12 oC ga past ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolardan foydalanib rezina qorishmalari va PVX kompozisiyalari uchun plastifikatorlar olish va qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rezina qorishmalari uchun mahalliy xomashyolardan foydalanib olingan plastifikatorlarni qo‘llash texnologiyasi “Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJ ning rezina tayyorlash sexida amaliyotga joriy qilingan (“Birinchi Rezinotexnika Zavodi” MChJning 2022 yil 14 dekabrdagi 07-1798-son ma’lumotnomasi). Natijada, rezina mahsulotlari ishlab chiqarishda import xom ashyolarni mahalliylashtirish va maxsulot narxini arzonlashtirish imkonini bergan;
diizoamilftalat plastifikatori olish texnologiyasi “ProCab” MChJ O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“ProCab” MChJ O‘zbekiston-Britaniya qo‘shma korxonasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 826-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonada kabel qoplamalari uchun mahalliy polivinilxloriddan plastifikat olish imkonini bergan.