Nosirov Baxtiyorjon Ixtiyorjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orolbo‘yi mintaqasi ekologik kartalarini tuzishni geografik axborotlar tizimlari texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirish», 11.00.07 – Geoinformatika (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Gr279.
Ilmiy rahbar: Rafikov Vahob Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Gr.01.06 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Reymov Polat Rasbergenovich, geografiya fanlari doktori, professor; Yakubov G‘ayrat Zaidovich, geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy GAT dasturlaridan foydalanish orqali Orolbo‘yi mintaqasining ekologik kartalarini tuzishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
locusGIS mobil ilova asosida dala tadqiqot ma’lumotlarini real vaqt rejimida kartografik asosga kiritish, tahlil qilish va qayta ishlash orqali faktik materiallar kartasini tuzish takomillashtirilgan;
GAT texnologiyalarini qo‘llash orqali ekologik kartalar tuzishda ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish, ma’lumotlarni kiritish, tahlil qilish, natijalarni vizualizatsiya qilish jarayonlari avtomatlashtirilgan;
ArcGIS dasturiy ta’minotlari asosida yaratilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi geoma’lumotlar bazasi yordamida davlat kadastrlari kartalarini tuzish texnologiyasi takomillashtirilgan; 
multi-spektral va termal masofadan zondlash ma’lumotlarining birlashtirilishi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproqlarining sho‘rlanish darajasi, o‘simlik qoplami va suv resurslari miqdorining dinamikasini tasvirlovchi ekologik kartalari yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Orolbo‘yi mintaqasi ekologik kartasini tuzishda geografik axborot tizimlari dasturlarini qo‘llash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
locusgis mobil ilova asosida takomillashtirilgan faktik materiallar kartasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘lkashunoslik atlasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 27 noyabrdagi 03-03-11404-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘lkashunoslik atlasi tarkibidagi mavzuli kartalar mazmunini yaxshilash imkonini bergan;
GAT texnologiyalarini qo‘llash orqali avtomatlashtirilgan ma’lumotlar bazasi strukturasini yaratish, ma’lumotlarni kiritish, tahlil qilish, natijalarni vizualizatsiya qilish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish kartasini tuzishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 27 noyabrdagi 03-03-11404-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tabiatni muhofaza qilish kartalarini yaratish jarayonlarini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
ArcGIS dasturiy ta’minotlari asosida yaratilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi geoma’lumotlar bazasi yordamida kadastr kartalarini tuzishning takomillashtirilgan texnologiyasi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida Qoraqalpog‘iston er kadastri kartalarini tuzishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 27 noyabrdagi 03-03-11404-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi erdan foydalanish yirik masshtabli kadastr kartalarini yaratishni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
multi-spektral va termal masofadan zondlash ma’lumotlarining birlashtirilishi orqali yaratilgan ekologik kartalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligida O‘zbekiston Respublikasi ekologik kartasini tuzishda amaliyotga joriy etilgan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining 2024 yil 27 noyabrdagi 03-03-11404-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik kartalarni mazmunini boyitish, amaliy ahamiyatini oshirish imkoniyati yaratilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish