Ergashev Nadirdjan Xamidulaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Karer yon bortlarining barqarorligini ta’minlash uchun konturli portlatishning samarali parametrlarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish), 04.00.17 ‒ Konchilikda fizik jarayonlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5054.
Ilmiy rahbarlar: Nasirov O‘tkir Fatidinovich, texnika fanlari doktori, professor; Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Atrushkevich Viktor Arkadevich, texnika fanlari doktori, professor; Ochilov Shuxratulla Atoevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: baland pog‘onalar qiyaligini qavariq profilini shakllantirish orqali konturli portlatish usulini ishlab chiqish va ilmiy asoslash, burg‘ilab portlatish ishlarini parametrlarini optimallashtirish evaziga karer bortlarini barqarorligini ta’minlash, parchalanish zonasini chegaralash hamda kontur oldi massivlarda dinamik yuklamalarni kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
massivni yo‘naltirilgan emirilishini, qoldiq kuchlanishlarni kamaytirishni va karer qiyaliklarining barqarorligini oshirishni ta’minlaydigan konturli zaryadlari, ekranlovchi yoriqlar va differentsial initsirlashni optimallashtirishga asoslangan konturli portlatish vaqtida qoldiq deformatsiyalar zonasini kamaytirishning usullari ishlab chiqilgan;
tog‘ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlarini, detonatsiya tezligi va portlovchi moddalarning zichligini hisobga olgan holda konturli zaryadlarning parametrlarini o‘zgartirish qonuniyatlari asoslangan;
karer bortlarining barqarorligiga yoriqdorlikning bo‘sh joylarga yo‘nalishini ta’siri aniqlangan, bortlarning joylashish burchaklarini to‘g‘rilab turish asoslangan va qulash xavfini minimallashtirish uchun kuchlanish-deformatsiya holatini modellashtirish usullari ishlab chiqilgan;
bortlarning barqarorligini taxmin qilish, konturli portlatish parametrlarini jadallashtirish, burg‘ulash harajatlarini kamaytirish hamda texnogen ta’sirlarni minimallashtirish imkonini beradigan massivning uch o‘lchamli blok modeli hamda burg‘ulash va portlatish ishlarining avtomatlashtirilgan tizimlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Karer bortlarining qiyaliklarini barqarorligini ta’minlash uchun konturli portlatishning samarali parametrlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pog‘ona qiyaligini qavariq profilini shakllantirish yordamida konturli portlatishni ishlab chiqilgan usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning «Auminzo-Amantoy» rudnigining «Nukrakon» karerida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 24 yanvardagi 23/01-01-07/72-son ma’lumotnomasi). Natijada, qiyaliklarni yuqori sifatli shakllanishi ta’minlash, kon ishlarini xavfsiz olib borilishini oshirish va kontur oldi massivlarni turg‘unligini saqlash imkonini bergan;
portlatish ishlarining parametrlari va seysmodinamik ta’sirini optimallashtirishni o‘z ichiga olgan kontur oldi zonalarida burg‘ilab portlatish ishlarini boshqarishning ishlab chiqilgan metodikasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning «Auminzo-Amantoy» rudnigining «Nukrakon» karerida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2025 yil 24 yanvardagi 23/01-01-07/72 -son ma’lumotnomasi). Natijada, tog‘ jinslarini parchalash samaradorligini kamaytirmagan holda karer bortlarida ruxsat etilgan seysmik yuklamani ta’minlash, kon massalarini maydalanish sifatini yaxshilash, o‘rtacha bo‘lak o‘lchamini 12-15%ga qisqartirish, ekskavatorlarning ish unumdorligini 6-7% ga va avtotransport vositalarining ish samaradorligini 4-5% ga oshirish imkonini bergan.