Mardonov Jahongir Sharofiddin o‘g‘lining
falsafa doktori(PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxtani yirik iflosliklardan tozalash agregatini takomillashtirish asosida tozalash samaradorligini oshirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5119
Ilmiy rahbar: Tuychiev Timur Ortikovich, texnika fanlari falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam Jumaniyazovich, texnika fanlari doktori, professor; Abbazov Ilxom Zopirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi– UXK rusumli tozalash agregatining kolosnikli panjarasini takomillashtirish va tozalash texnologiyasidagi maqbul joylashuvini tanlash asosida texnologiyaning tozalash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tozalash zonasida paxtani qisilishida ta’sir qiladigan kuchlarni hisoblash asosida yirik iflosliklardan tozalash seksiyasida mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud takomillashtirilgan kolosnikli panjara yaratilgan;
kolosniklar bilan o‘zaro ta’siridagi paxta bo‘lakchalari harakatining differensial tenglamalari asosida paxta bo‘lakchalaridan ajralgan mayda iflosliklarni kolosnik diametrining turli qiymatlarida kolosniklar soniga bog‘liqligi aniqlangan;
tozalash samaradorligini oshirish maqsadida paxtani tozalash texnologiyasi bosqichlarida takomillashtirilgan kolosnikli panjarani o‘rnatilish joylashuvini ta’siri aniqlangan;
kolosnikli panjaraning kolosniklarini o‘zaro oraliq masofalarining qiymatlari kichik kvadratik usuli yordamida qurilgan regression modellar tahlili asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash agregatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani tozalash uskunasini tozalash samaradorligini oshirishda uskunaning asosiy texnologik ko‘rsatkichlarini ratsional qiymatlarini aniqlash hisobiga tozalash samaradorligi yuqori bo‘lgan uskuna O‘zbekiston Respublikasi “O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining tasarrufiga kiruvchi ST AGRO klaster tarkibidagi Mustaqilik paxta tozalash korxonasida tadbiq etilgan. (“O‘zto‘qimachilik sanoat” uyushmasining 2024 yil 28 avgustdagi 03/25-2287 sonli ma’lumotnomasi). Natijada tozalash samardorligi 8,42 % ga oshgan, tolaning sinfini oshishiga erishilgan.