Nishonov Jamshid To‘raqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar:     
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): 
“Janubiy o‘zbekistonda ilk shahar madaniyatining rivojlanishi tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tar.1436  
Ilmiy rahbar: Eshov Bahodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
    Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich ; tarix fanlari  doktori   Xushvaqtov Nabi Olimovich
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi      O‘zbekistonning janubidagi qadimgi shaharlari tarixi bo‘yicha to‘plangan bilimlar dinamikasini tahlil etish, mavzuning o‘rganilishi tarixi va arxeologik tadqiqotlarning natijalarini ochib berish, ilmiy yondashuvlar, qarashlar va zamonaviy muammolarni qiyosiy tahlil etishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
O‘rta Osiyoda bronza asri va ilk temir davri urbanizatsiya jarayonlarining o‘rganilishiga oid adabiyotlar va mavjud ilmiy yondashuvlarning nazariy-konseptual mohiyati tahlili asosida muammo tarixshunosligini davrlashtirish masalalariga aniqliklar kiritilgan (jumladan, muammo tarixshunosligi mavjud uch davr o‘rniga to‘rt davrga bo‘linishi isbotlangan) hamda har bir bosqichning mohiyati, ko‘lami va o‘ziga xos jihatlari bilan farqlanishi asoslab berilgan;
Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida mintaqada arxeologik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari (arxeologiyaning shakllanganligi, biroq, olib borilgan izlanishlar chuqur ilmiy asosga ega bo‘lmay, aksariyat olimlar o‘rta asr yozma manbalari ma’lumotlariga asoslanganligi, shuningdek tadqiqotlar asosan nisbatan keyingi davrga oid yodgorliklar hududida olib borilganligi), XX asrning 20-30-yillariga kelibgina O‘rta Osiyo arxeologiyasi ilmiy-uslubiy jihatdan shakllanganligi va dastlabki yirik arxeologik ekspedisiyalar tashkil etilganligi ko‘rsatib berilgan;
sovet davrida mintaqada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiga doir turli ilmiy qarashlar, nazariyalar va yondashuvlar vujudga kelganligi (xususan, 1970-1980- yillardagi arxeologik tadqiqotlarda mintaqa hududida bronza asri va ilk temir davriga oid katta shaharlar mavjudligi o‘z isbotini topganligi, bungacha esa faqat shahar manzilgohlari bo‘lganligi faraz qilinganligi) dalillangan;
mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ochilgan manzilgohlar, qo‘hna shaharlar va ulardan olingan topilmalar asosida O‘zbekistonning janubidagi dastlabki shahar va shahar ko‘rinishidagi markazlar hamda manzilgohlarning rivojlanishi muammolariga aniqliklar kiritilganligi (jumladan, bronza – ilk temir davriga tegishli eng qadimiy shahar Surxondaryoning Sherobod tumanidagi Jarqo‘ton yodgorligi ekanligi) asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Janubiy O‘zbekistonda ilk shahar madaniyatining rivojlanishi tarixini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida: Janubiy O‘zbekistonda ilk shahar madaniyatining rivojlanishi masalalarini o‘rganish bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yondashuvlarni ko‘rib chiqish hamda ularga zamonaviy tarixshunoslik nuqtai nazaridan baho berilgani; ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy aloqalar va migratsiya jarayonlarining urbanizatsiya taraqqiyotiga ta’siri masalalasining o‘rganlishi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 1 maydagi 02-06-659-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi tomoshabinlarga Janubiy O‘zbekistonda ilk shaharlari shakllanishi va rivojlanishi masalalari, siyosiy aloqalar va migratsiya jarayonlari haqida ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyatini bergan.
Qadimgi shaharlarining yubiley sanalari munosabati bilan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatidagi moddiy madaniy meros obektlarining qaytadan ta’mirlanishi sabab ziyorat qiluvchilar soni oshib, muqaddas qadamjolar ruhiy poklanish, ma’naviy yuksalish maskaniga aylanganligi kabi ilmiy-tarixiy ma’lumotlardan foydalanilgan. (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023 yil 30 martdagi 01-26-30/03-23-sonli ma’lumotnomasi) Natijada Janubiy O‘zbekiston vohasidagi qadimgi shaharlari tarixi aks ettirilgan, voha moddiy madaniyati tarixiga bag‘ishlangan buklet va flayerlar xorijiy va mahalliy sayyohlarga vohaning me’morchilik va ziyorat turizmi, bo‘yicha xulosalar chiqarish imkonini bergan.
Janubiy O‘zbekistonning ilk shaharlari shakllanishi va rivojlanishi masalalarini o‘rganish bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yondashuvlarni ko‘rib chiqish hamda ularga zamonaviy tarixshunoslik nuqtai nazaridan baho berish; ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy aloqalar va migratsiya jarayonlarining urbanizatsiya taraqqiyotiga ta’siri masalasining o‘rganilishini tahlil qilish masalalarining o‘rganilishi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Moziyga sayohat” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 1 maydagi 02-06-659-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarga Qashqadaryo ilk shaharlari shakllanishi va rivojlanishi masalalari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy aloqalar va migratsiya jarayonlarining urbanizatsiya taraqqiyotiga ta’siri masalasi haqida ma’lumotlar bilan kengroq tanishish imkoniyatini bergan
O‘rta Osiyoda bronza asri va ilk temir davri urbanizatsiya jarayonlarining o‘rganilishiga oid adabiyotlar va mavjud ilmiy yondashuvlar masalasi, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida mintaqada arxeologik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari, O‘rta Osiyo arxeologiyasi ilmiy-uslubiy jihatdan shakllanganligi va dastlabki arxeologik ekspedesiyalarni tashkil etilishiga oid materiallardan foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2023 yil 30 martdagi 01-26-30/03-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning amaliyotga qo‘llanishi arxeologik tadqiqotlar natijasida qadimgi shaharlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiga doir turli ilmiy qarashlar, nazariyalar va yondashuvlar vujudga kelganligi, mustaqillik yillarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida ochilgan manzilgohlar, qo‘hna shaharlar va ulardan olingan topilmalar asosida O‘zbekistonning janubidagi dastlabki shahar va shahar ko‘rinishidagi markazlar hamda manzilgohlarning rivojlanishi muammolariga aniqliklar kiritilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish