Yunusxo‘jaev Habibulla Zafar o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi tarixi (1991 – 2023 yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tar1728.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor.; Jo‘raev Narzulla, siyosiy fanlar doktori., professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ijtimoiy davlat konsepsiyasining tarixiy, ijtimoiy, ma’naviy-g‘oyaviy asoslarini ochib berish orqali uning O‘zbekistonda amalga oshirayotgan tarixiy islohotlardagi o‘rniga ilmiy baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ijtimoiy davlat shakllanishi nafaqat hozirgi davrda balki bu qadimdan o‘zining turli xil ko‘rinishlariga ega bo‘lib kelgan, Zaratushtra nasihatlarida doimiy farog‘atli hayot inson uchun uzoq notanish xayoliy jannatda emas, balki inson uchun yaqin, unga tanish jonli dunyoda mavjud bo‘lishi lozim degan qarashlar muhim ahamiyat kasb etishi, hamda antik davr davlatlarida beva-bechoralarga davlat tomonidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining tarqatilishi haqidagi ma’lumotlar asoslab berilgan; 
ijtimoiy davlat asoslarining rivojlanishi uch tarixiy bosqichni o‘z ichiga oladi: shakllanish davri, rivojlanish va huquqiy jihatdan hujjatlarda aks etish davrlariga bo‘lish bilan, uning ijtimoiy hamkorlikka tayanadigan (davlat va ijtimoiy harakatlar, davlat va mahalla instituti, davlat va yoshlar tashkilotlari) yagona tizimni yaratish zarurati aniqlangan;
O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy davlat g‘oyasi G‘arb mamlakatlaridan farqli olaroq bozor iqtisodiyoti tamoyillarga emas, balki chuqur tarixiy, ma’naviy va milliy ildizlarga tayanishi faktologik ma’lumotlar asosida dalillangan;
O‘zbekistonning yangi davrida rivojlanish yo‘lidagi islohotlari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida shakllantirilib, aholining hamma qatlamlari uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydigan, turli ijtimoiy guruhga kiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari va turli ijtimoiy loyihalar samaradorligini oshirish mexanizmlarining tatbiq etilishi mamlakatimizda ijtimoiy davlatning rivojiga ta’sir etishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi  tarixi mavzusi bo‘yicha chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
ijtimoiy davlat shakllanishi nafaqat hozirgi davrda balki bu qadimdan o‘zining turli xil ko‘rinishlariga ega bo‘lib kelgan, Zaratushtra nasihatlarida doimiy farog‘atli hayot inson uchun uzoq notanish xayoliy jannatda emas, balki inson uchun yaqin, unga tanish jonli dunyoda mavjud bo‘lishi lozim degan qarashlar muhim ahamiyat kasb etishi, hamda antik davr davlatlarida beva-bechoralarga davlat tomonidan turli xil oziq-ovqat mahsulotlarining tarqatilishi haqidagi ma’lumotlarga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 10/2240-son ma’lumotnomasi). Natijalar loyiha doirasida tayyorlangan dastur, monografiya va elektron resurslarni mazmunan boyitish imkonini bergan;
ijtimoiy davlat asoslarining rivojlanishi uch tarixiy bosqichni o‘z ichiga oladi: shakllanish davri, rivojlanish va huquqiy jihatdan hujjatlarda aks etish davrlariga bo‘lish bilan, uning ijtimoiy hamkorlikka tayanadigan (davlat va ijtimoiy harakatlar, davlat va mahalla instituti, davlat va yoshlar tashkilotlari) yagona tizimni yaratish zaruryati bo‘yicha natijalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalinining 2024-yil 22-oktyabrdagi 04-36-1131-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi teletomoshabinlarga ijtimoiy davlat asoslarining rivojlanishi holati bo‘yicha ma’lumotlarini kengaytirishga imkon bergan;
O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy davlat g‘oyasi G‘arb mamlakatlaridan farqli olaroq bozor iqtisodiyoti tamoyillarga emas, balki chuqur tarixiy, ma’naviy va milliy ildizlarga tayanishi faktologik ma’lumotlar asosida dalillanganligiga oid natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasida 2021 – 2022-yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 10/2240-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ilmiy xulosa va amaliy natijalari harbiylar o‘rtasida ijtimoiy loyihalarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning yangi davrida rivojlanish yo‘lidagi islohotlari “Inson qadri uchun” tamoyili asosida shakllantirilib, aholining hamma qatlamlari uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlaydigan, turli ijtimoiy guruhga kiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari va turli ijtimoiy loyihalar samaradorligini oshirish mexanizmlarining tatbiq etilishi mamlakatimizda ijtimoiy davlatning rivojiga ta’sir etishi oid fikrlardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Millat va ma’naviyat” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanalinining 2024-yil 22-oktyabrdagi 04-36-1131-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu ma’lumotlar yoshlar ichida ijtimoiy davlat g‘oyasiga oid bilimlarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish