Ballasov Bunyod Maxammadali o‘g‘lining
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sitrus apelsin (C.Sinensis L.) o‘simlikning tezpishar sanoatbop seleksion navini yaratish”, 06.01.05 - Seleksiya  va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Qx1500.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Sirojiddin Turdiqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: apelsinning NUR navi (NAP 518)..
II. Tadqiqotning maqsadi apelsinning turli iqlim sharoitlariga moslashgan yangi tezpishar, serhosil, kasalliklarga bardoshli sanoatbop mahalliy yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga joriy qilishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor apelsinning respublikamiz iqlim sharoitiga mos “Vashington navel” va limonning “F-2” (Faxriddin-2) navlarini chatishtirish orqali olingan duragaylarining morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari kompleks o‘rganilib, qiyosiy baholangan;
apelsinning 10 ta duragaylari orasidan morfo-biologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan va seleksiya jarayonlarida foydalanish uchun xizmat qiladigan duragaylari tanlab olingan;
apelsinning tanlab olingan №7 duragayidan serhosil, yirik mevali, vitamin va minerallarga boy, qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan yangi “NUR” navi yaratilgan;
apelsinning yangi yaratilgan “Nur” navining gullashdan meva pishishgacha bo‘lgan davri 210-220 kunni tashkil etib, andoza “Gamlin” naviga nisbatan 10-20 kunga, nazorat “Vashington navel” naviga nisbatan 50 kunga ertapisharligi, o‘simlik bo‘yi (2,0-2,5 m) andoza navdan 1,0-1,5 m past, nazorat nav bilan teng bo‘lgani holda, o‘rtacha bir tupdan olingan hosil bo‘yicha mos ravishda 12,8 va 11,0 kg ga yuqori ekanligi bilan ustunligi aniqlangan;
apelsinning yangi “Nur” navining hosildorligi andoza “Gamlin” naviga nisbatan 175,5 s/ga, nazorat “Vashington navel” naviga nisbatan esa 165,0 s/ga yuqoriligi, mevasining o‘rtacha vazni daraxtlarning yoshiga qarab 100-200 grammgacha ogir’ligi hamda mevasi tarkibidagi C vitamini (45-50 mg/%) miqdori bilan raqobatlasha olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Apelsinning (C.Sinensis L.) tezpishar, sanoatbop seleksion navini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
apelsinning “Vashington navel” va limonning “F-2” (Faxriddin-2) navlarini chatishtirish natijasida olingan duragaylaridan tanlab olingan namunasidan (№7) respublikamiz tuproq-iqlim sharoitiga mos yangi “Nur” (UZ NAP 518) navi yaratilgan va 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi № 05/06-04-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, sitrus ekinlar genofondi gullash-meva pishish davri 210-220 kun, hosildorligi 35,5 s/ga, bir dona mevasining vazni 400 grammdan 1 kg gacha bo‘lgan, mevasi shirin va sharbatbop,vitamin va minerallarga boy, ko‘chatlari kasallik va zararkunandalarga bardoshli, sanoatbop yangi nav boyitilgan; 
apelsinning yangi “Nur” navi yaratilgan Surxondaryo viloyatida 1,0 gektar, Samarqand viloyatida 0,02 gektar va Toshkent viloyatida 0,02 gektar, jami 1,04 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi №05/06-04-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, aholi uchun yangi nav sifatida oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda xizmat qilmoqda;
apelsinning yangi “NUR” navi Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi “Paxtachi tomorqa xizmati” MChJning jami 0,02 gektar maydonida 40 dona hamda Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Muhammadaziz Azim Musafo Nur” MChJning issiqxona xo‘jaligida 0,02 gektar maydonda 40 dona ekilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi № 05/06-04-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir dona apelsin mevasining vazni 350-700 gramm bo‘lishiga va o‘rtacha bir tup o‘simlikdan 40-45 kg hosil etishtirishga erishilgan. 
apelsinning serhosil, yirik mevali, vitamin va minerallarga boy, yangiligicha va qayta ishlashga yaroqligi yangi “NUR” navi Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi “Muhammadsulton baraka bog‘i” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, Sho‘rchi tumanidagi “Sodiq” fermer xo‘jaligida 0,5 gektar, jami 1,0 gektar maydonda 1000 dona ekilib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2024-yil 21-dekabrdagi № 05/06-04-680-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur pakana o‘suvchi, tezpishar navning mevasi 210 kun pishib etilishi kuzatilib, bir dona apelsin mevasining vazni 500-1000 grammni tashkil qilgan holda, o‘rtacha bir tup o‘simlikdan 60-70 kg hosil etishtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish