Bobokulov Shoxnazar Ochilovichning
doktorlik dissertatsiya (DSc) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Erdan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish muammolari” 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq  (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu290.
Ilmiy rahbar: Usmonov Muhammadi Bahritdinovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/03.06.2023.Yu.22.04.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Juraev Yuldash Achilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent Safarov Djaxongir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, professor Uzakova Guzal Sharipovna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining er qonunchiligi hujjatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni kompleks tahlil qilish, nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimini topish, ushbu sohada qonun hujjatlari tegishli normalarini takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirish yo‘llarini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat:
ijaraga berilgan er uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berishning qonuniy tartibini belgilash hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari, muddatlari, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash hamda ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi zarurligi asoslantirilgan;
er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsadlar hamda er uchastkalarini  xususiylashtirish sub’ektlari tomonidan o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoxud meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan er uchastkalarini sotib olish kabi  shakllari ilmiy asoslantirilgan;
er uchastkasi qurilish ishlarini amalga oshirish huquqi bilan realizatsiya qilinganda bino, imorat, inshootlarni qurish jarayonida er uchastkasini saqlash vazifasini bajarish majburiyati er uchastkasi egasi, foydalanuvchisi va mulkdoriga yuklanishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari toifasiga va foydalanish maqsadiga ko‘ra xususiylashtirilishi asoslab berilgan;
jamoat ehtiyojlari uchun o‘zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) belgilanishi zarurati mavjudligi, servitut uchun haq to‘lash, servitut belgilangan er uchastkasi uchun er solig‘i (ijara haqi) summasini, shuningdek servitutdan foydalanish jarayonida er egalari, erdan foydalanuvchilar, er uchastkalarining ijarachilari va mulkdorlariga etkazilgan zararni (boy berilgan foydani) kompensatsiya qilish maqsadida belgilanishi asoslab berilgan;
chet el yuridik va jismoniy shaxslarining mulki bo‘lgan er uchastkasini savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi ob’ekti yoxud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan kafolatlar ta’minlangan holda xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga yoxud O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi muhimligi asoslantirilgan;
tuproq erning unumdor qatlami va umuman qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etkazib beruvchi asosiy organik moddalarni saqlovchisi ekanligini hisobga olgan holda tuproq unumdorligini ta’minlash sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, tuproq unumdorligini ta’minlash ustidan nazorat, tuproq unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash hamda tuproq unumdorligini me’yorlash kabi masalalarni tartibga solish zarurligi ilmiy-huquqiy jihatdan asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erdan foydalanish va muhofaza qilishni huquqiy tartibga solish muammolari mavzusidagi dissertatsiya ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
ijaraga berilgan er uchastkasini yoki uning bir qismini ikkilamchi ijaraga berishning qonuniy tartibini belgilash hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan er uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartlari, muddatlari, ikkilamchi ijaraga berganlik uchun haq undirish tartibi va miqdorlarini belgilash hamda ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining er kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktyabrdagi O‘RQ-871-sonli qonunining 5-moddasi 5-bandini hamda 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli qonunini 88-moddasi 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 24-moddasi ettinchi va 242-moddasi beshinchi va oltinchi qismlarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024- yil 28-martdagi 01/q-08-39-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning amalga oshirilishi erdan noqonuniy foydalanishning oldini olishga va erdan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
 er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsadlar haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyunda O‘RQ-781-son “Er uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida” qonunining 4-moddasida hamda er uchastkalarini xususiylashtirish shakllari haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 28-martdagi 01/q-08-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif er uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga asos bo‘ladigan maqsadlarni hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalarini xususiylashtirish shakllarini aniq belgilashga  xizmat qilgan;
er uchastkalaridan imorat qurish uchun foydalanish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli qonunini 88-moddasi 18-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 26-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 28-martdagi 01/q-08-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi er qonunchiligini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) haqidagi va jamoat ehtiyojlari uchun o‘zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) belgilanishi haqidagi hamda servitut uchun haq to‘lash to‘g‘risidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasining er kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 23-oktyabrdagi O‘RQ-871-sonli qonunining 5-moddasi 11- va 12-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi er kodeksining 30-, 305- va 306-moddalarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2024-yil 28-martdagi 01/q-08-39-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jamoat ehtiyojlari uchun o‘zganing er uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (ommaviy servitut) belgilanishiga xizmat qilgan;
er uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 29 iyundagi O‘RQ-782-sonli qonunining 5-moddasi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 371-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024 yil 28 martdagi 01/q-08-39-son dalolatnomasi). Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari yoxud Vazirlar Mahkamasiga ushbu  vakolatning berilishi er mulkdorlarining huquqlari kafolatlarini ta’minlashga xizmat qilgan;
tuproq unumdorligini ta’minlash sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, tuproq unumdorligini ta’minlash ustidan nazorat va  tuproq unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash hamda tuproq unumdorligini me’yorlash haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to‘g‘risida” qonunining 8-, 15-, 18- va 19-moddalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti 2024-yil 23-dekabrdagi 3/08-262-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar tuproq unumdorligini ta’minlash sohasidagi faoliyatni moliyalashtirish, tuproq unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash hamda tuproq unumdorligini me’yorlash va davlat nazoratini tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish