Murodova Dilnavoz Nizomovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (ingliz tili) (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4097.
Ilmiy rahbar: Muxammedova Nilufar Eliboevnafilologiya fanlari bo‘yicha falsafadoktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01.
Rasmiy opponentlar:  Sadiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor;Ikromxonova Feruza Ikromovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Amerika adabiyotida Fenimor Kuper asarlarida aks etgan hindular obrazi poetikasini tahlil qilish, nazariy asoslash va bunda yoritilish omillari asosida yozuvchi mahoratini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Fenimor Kuperning tarixiy romanlarida hindular obrazining tarixiy faktlarga asoslangan badiiy qiyofasi tabiatni himoya qilish uchun kurashgan ideal obraz va ideal qahramonlar sifatida namoyon bo‘lishi hamda buning Amerikaning bugungi betakror tabiatiga ta’siri tahlil qilingan;
yillar mobaynida adabiyotda vahshiy va yirtqich kishilar sifatida tasvirlangan hindularning XIX asr boshlariga kelib oliyjanob shaxs obrazlari sifatida aks etishi hamda bunga sabab bo‘lgan omillar hindular aks etgan turli janrdagi asarlar misolida yoritilgan;
“Ko‘n paypoq ertaklari” pentalogiyasida hindularning badiiy to‘qimaga singdirilgan real qiyofasini yaratish, erkak va ayol hindularga yozuvchi tomonidan turlicha munosabatda bo‘lish, irqlararo tinch-totuv hayotni ta’minlovchi irqlararo do‘stlik, yaqinlik va nikoh rishtalarini bogʻlashga doir gʻoyalarni targʻib qilishda adibning badiiy mahorati hamda individual uslubiyati romanlar negizida ochib berilgan;
Fenimor Kuperning “Ko‘n paypoq ertaklari” pentalogiyasiga kiruvchi romanlarda hindular obrazining xususiyatlariga tayanib obrazlarning ijobiyligi, salbiyligi, murakkabliligi, o‘zgaruvchanligi, shuningdek, o‘xshash va farq qiluvchi xususiyatlari yoritilish bilan birga romanlararo obraz dinamikasi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Fenimor Kuper asarlarida hindular obrazi tasviri, hindu qahramonlarning xususiyatlari, hayotga doir qarashlari, o‘zaro va boshqa irq vakillari bilan munosabatlarining estetik tamoyillar doirasidagi ilmiy materiallari, uzoq yillar mobaynida adabiyotda vahshiy va yirtqich kishilar sifatida tasvirlangan hindularning XIX asr boshlariga kelib oliyjanob shaxs obrazlari sifatida aks etishi hamda bunga sabab bo‘lgan omillar hindular aks etgan asarlar misolida yoritilgan faktlardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan F-7-13 raqamli “Adabiyotshunoslik tarixining fundamental tadqiqi” mavzusidagi amaliy loyihada keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 4-martdagi 4/11-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada jahon adabiyotida doimo muhim ahamiyat kasb etgan hindu obrazlari haqidagi ma’lumotlar mazkur loyihaning mazmun-mohiyatini boyitishga erishilgan;
muallif badiiy mahorati va uslubi masalalariga doir dissertant tahlili hamda talqini asosida ochib berilgan ilmiy natijalar hamda materiallardan Qarshi davlat universitetining 5111400-Xorijiy til va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tavsiya etilgan “Stylistics” nomli o‘quv qo‘llanma bandlarini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i). Natijada ilmiy-tadqiqot ishining umumiy xulosalari va amaliy takliflari “Stilistika”, “Ingliz adabiyoti” va “Amerika adabiyoti” fanlariga doir materiallarni mazmunan boyitishda ikkilamchi manba bo‘lib xizmat qilgan;
Amerika adabiyotida timsoliy asarlardan biri bo‘lgan Jeyms Fenimor Kuperning “Ko‘n paypoq ertaklari” pentalogiyasida ideallashtirilgan hindu ayollari obrazi tasviri, ularga xos xususiyatlar, hindu ayollari obrazini yaratishda yozuvchi yondashuvi kabi jihatlarga qaratilgan dissertant tadqiqidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihada keng foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2024-yil 2-iyuldagi 01/376 son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalarining loyihada qo‘llanilishi natijasida o‘quv materiallari asosida hindu ayollari obrazlarining badiiy asarlarda namoyon bo‘lishi, ularning badiiy obraz sifatida tutgan o‘rni va hindu ayollarini tasvirlashda yozuvchi mahorati kabi masalalarning ahamiyatini o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi dissertatsiyaning ilmiy yangiliklaridan amaliy faoliyatda foydalanib kelmoqda. Xususan, dissertatsiyada Fenimor Kuperning tarixiy romanlarida hindular obrazining tarixiy faktlarga asoslangan badiiy qiyofasi ideal obraz va ideal qahramonlar sifatida namoyon bo‘lishi tahlil qilingani jahon adabiyotshunosligida kuzatilayotgan adabiy rivojlanishlarning ilmiy-nazariy natijalari bilan tanishish imkonini berdi. Fenimor Kuperning “Ko‘n paypoq ertaklari” pentalogiyasiga kiruvchi romanlarda hindular obrazining ijtimoiy xususiyatlariga tayanib obrazlarning ijobiyligi, salbiyligi, murakkabliligi, o‘zgaruvchanligi, shuningdek o‘xshash va farq qiluvchi xususiyatlari yoritilish bilan birga romanlararo obraz dinamikasi dalillanganligi ilmiy tadqiqotning muhim yangiliklaridan biri bo‘lish bilan bir qatorda jahon adabiyotshunosligidagi globallashuv jarayonida o‘zbek adabiyotshunosi sifatida tadqiqotchining ishtirokini ta’minlaydi (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 01-03/877-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqotdagi ilmiy yangiliklar va vazifalar asosidagi natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ustuvor yo‘l xaritalari, dasturlari, targʻibot tadbirlari va boshqa amaliy yo‘nalishlarida foydalanib kelinmoqda.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish