Abdullaev Ilhom Xushnudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yunon-rum kurashida sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1437
Ilmiy rahbar: Adilov Sarvar Qaxramonovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Dadabaev Odiljon Jaloliddinovich pedagogika fanlari doktori, (DSc) dotsent; Bakiev Zafar Abdushukurovich Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yunon-rum kurashida malakali sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish asosida musobaqa faoliyati samaradorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yunon-rum kurashida malakali sportchilarning kuchli va zaif tomonlarini hisobga olgan holda, maxsus jismoniy tayyorgarligini nazariy-amaliy tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan sport uskunasida bajariladigan mashqlarni izchil va tizimli takrorlash orqali yangi texnik usullarni samarali o‘zlashtirish va sportchilarda maxsus tayyorgarlikni takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
kurashchilarining mashg‘ulot jarayonida murakkab hujum, qarshi hujum va himoya harakatlarini vazn tofalarida monitoringini qilish va texnik-taktik harakatlarini takomillashtirishga qaratilgan mashqlar konveyri uslubini ishlab chiqish hisobiga musobaqa faoliyatida hujum usullarini hamda himoya harakatlarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali yunon-rum kurashchilarning mashg‘ulot va musobaqa faoliyatiga yuqori tasir ko‘rsatuvchi tayyorgarlik bosqichlarini takomillashtirish hamda maxsus jismoniy imkoniyatlarini yaxshilashga qaratilgan samarali mashg‘ulot dasturini ishlab chiqish hisobiga kurashchilarning yillik va haftalik mashg‘ulot yuklamalari hamda tiklanish vositalari bo‘yicha majmuaviy nazorat qilish orqali texnik usullarni tezkor qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
malakali yunon-rum kurashchilarning musobaqa faoliyatida tik va parter holatidagi murakkab vaziyatlarni inobatga olib mashg‘ulot davomida texnik-taktik harakatlarni muvofiqlashtirish uchun faol mashg‘ulot texnologiyasini joriy qilish hisobiga kurashchilarning mashg‘ulotlarda individual shug‘ullanish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi yunon-rum kurashida malakali sportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va pedagogik tajriba natijalari joriy etilgan. Jumladan:
yunon-rum kurashida malakali sportchilarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlil qilish uchun “Elastic ZI” maxsus sport uskunasi va mashqlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 03-01/04/20/10943-son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilarning uskunadagi mashqlarni takror bajarish hisobiga vistibulyar apparat funksiyasi va texnik harakatlardagi maxsus jismoniy tayyorgarlik imkoniyati tadqiqotlar olib borish jarayonida 17% ga oshdi;
yunon-rum kurashida murakkab hujumlarni bartaraf etish va himoya harakatlarini takomillashtirishda barqarorlik va maksimal qarshilik ko‘rsatish qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Mashqlar konveyri” uslubi asosida mashqlarni juftlikda bajarish Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilarning mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 03-01/04/20/10943-son ma’lumotnomasi). Natijada asosiy bellashuvlar vaqtida tik va parter holatidagi hujum, himoya va qarshi hujum harakatlarni tezkor bajarish imkoniyati 20% ga oshdi.
yunon-rum kurashchilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish va musobaqa faoliyati samaradorligiga yuqori tasir ko‘rsatishiga qaratilgan “Faol mashg‘ulot” texnologiyasini Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilarning mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 03-01/04/20/10943-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchilarning maxsus jismoniy tayyorgarlik imkoniyati samaradorligi 19% ga oshdi.
ishlab chiqilgan vosita va maxsus mashqlarni mashg‘ulotlarda qo‘llanilishi yunon-rum kurashchilarini texnik-taktik jihatdan tayyorlash muddatini qisqartiradi. Ishlab chiqilgan vosita va uslublarni tajriba guruhidagi Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kurashchilarining mashg‘ulotlariga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-oktyabrdagi 03-01/04/20/10943-son ma’lumotnomasi). Natijada kurashchilarning asosiy musobaqalardagi ijobiy natijalar samaradorligi 18,6% ga oshdi.