Amonov Asqar Nomozboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Stol tennisida zarbalar aniqligi va uni erta yoshlikdan aylanma harakatlar ta’sirida barqarorlashtirish afzalligi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7608.
Ilmiy rahbar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Raximov Vladimir Shavkatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akramov Jasur Anvarovich pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi stol tennisida o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligi va zarbalar aniqligini erta yoshlikdan boshlab barqarorlashtirish bo‘yicha taklif va tavsiylarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli tayyorgarlik bosqichlarida stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan, harakatlanishda zarbalar aniqligini oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan mashqlar tasnifiy modeli yordamida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichlarida hujum zarbalarini o‘rgatish uslublari takomillashtirilgan;
stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi 7-8 yoshli bolalarda stol atrofida harakatlanish tezligining qiymatini obektiv baholash maqsadida vestibulokinetik elementlarni modifikatsiyalashtirishning yangi avlod testlaridan foydalanish orqali o‘yin jarayonlarida turli zonalarda qarshi hujum zarbalarini amalga oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
musobaqa faoliyatida keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab barqaror harakatlanishni ta’minlashga zamin yaratuvchi burilma-aylanma harakatlardan iborat vestibulokinetik mashqlar bloklarini ishlab chiqish hisoboga texnik harakatlarga yaqinlashtiruvchi maxsus mashqlarni bajarish samaradorligi oshirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 7-8 yoshli bolalarda tezkor kuch qobilyatlarini oshirishda qisqa masofalarga taqsimlangan mashq yuklamalarini optimal rejalashtirish hamda tayyorgarlik davrida qo‘llash hisobiga yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanish tezkorligi oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Stol tennisida zarbalar aniqligi va uni erta yoshlikdan aylanma harakatlar ta’sirida barqarorlashtirish afzalligi mavzusi doirasida olib borilgan pedagogik tajriba asosida:
turli tayyorgarlik bosqichlarida stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi sportchilarda ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan, harakatlanishda zarbalar aniqligini oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan mashqlar tasnifiy modeli Toshkent shahar oliy sport mahorati maktabi hamda Sirdaryo viloyati Guliston tuman sport maktabida stol tennisi bilan shug‘ullanuvchilarining o‘quv mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 03-16/8929-son dalolatnomasi). Natijada, nisbiy hujum zarbalar aniqligi 58,19% ga oshgan;
stol tennisi bilan shug‘ullanuvchi 7-8 yoshli bolalarda stol atrofida harakatlanish tezligining qiymatini obektiv baholash maqsadida vestibulokinetik elementlarni modifikatsiyalashtirishning yangi avlod testlari Sirdaryo viloyati Guliston tuman sport maktabi va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va Qoraqalpog‘iston bo‘limi sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 03-16/8929-son dalolatnomasi). Natijada, maxsus jismoniy sifatlarning nisbiy o‘sishi 13,27% ni, YuQCh va NOChning fiziologik jihatdan ijobiy tomonga nisbiy o‘zgarish sur’ati, 20,47% ga oshgan;
musobaqa faoliyatida keskin o‘zgaruvchan yo‘nalishlar bo‘ylab barqaror harakatlanishni ta’minlashga zamin yaratuvchi burilma-aylanma harakatlardan iborat vestibulokinetik mashqlar bloklari O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va hududiy bo‘linmalari hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sportchilarining mashg‘ulot jarayonlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 03-16/8929-son dalolatnomasi). Natijada, kardiorespirator ko‘rsatkichlarning nisbiy o‘sishi tinch holatda 18,40%; 28,25%; 71,26% ga, vestibulokinetik yuklama ta’sirida 18,98%; 44,20%; 66,17%; gacha o‘sgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi 7-8 yoshli bolalarda tezkor kuch qobilyatlarini oshirishda qisqa masofalarga taqsimlangan mashq yuklamalarini optimal rejalashtirish hamda tayyorgarlik davrida qo‘llash kabi takliflar O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi va hududiy bo‘linmalarining mashg‘ulot jarayonlariga tadbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 03-16/8929-son dalolatnomasi). Natijada, zarbalar hajmi va ularning aniqligini nisbiy o‘sish sur’ati ko‘rsatkichlari 58,21% o‘sgan.