O‘razova Muborak Yuldoshevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy tarbiya darslarini gigienik me’yorlar asosida tashkil etish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi, pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2024.1.PhD/Ped3253
Ilmiy rahbar: Shopulatov Abdumalik Nurullaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamurodov Shuxrat pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Uraimov Sanjar Ruzmatovich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedogogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchilarning turli iqlim sharoitlarida gigienik me’yorlar hamda no‘ananaviy mashqlardan foydalanib jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umum ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslarini samarali tashkil etish maqsadida mashg‘ulot jarayonlarining asosiy qismida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga noan’anaviy mashqlar dasturini qo‘llash hisobiga gigienik hamda jismoniy yuklamalar me’yorlarini shakillantirish uslublari takomillashtirilgan;
umum ta’lim maktab o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini yaxshilash maqsadida aylanma mashq uslublaridan dars jarayonida foydalanib uzlyuksiz va intensiv vositalarni qo‘llash hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan;
umum ta’lim maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash va rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan kompleks mashqlar majmuasinin qo‘llash yordamida gigienik me’yorlar dasturiga o‘zgartirish kiritish hisobiga dars samaradorligi oshirilgan;
umum ta’lim maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya dars samaradorligini oshirish maqsadida o‘quvchilar salomatligiga ta’sir etuvchi yuklamalarni majmuali nazorat qilish orqali gigienik vositalarni qo‘llash hisobiga model shakillari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya darslari jarayonida o‘quvchilarda gigienik me’yorlarni rivojlantirishni ilmiy-pedagogik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gigienik omillarning jismoniy tarbiya darslarida jismoniy holatiga hamda organizmiga ta’siri to‘lqinsimon hamda intensiv jismoniy yuklamalar samaradorligini aniqlash metodikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 283-maltabo‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024 yil 4-oktyabrdagi 03-16/9859-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlario‘rtacha 20,4foizga yaxshilangan;
gigienik omillarning jismoniy tarbiya darslarida jismoniy holatiga hamda organizmiga ta’siri to‘lqinsimon hamda intensiv jismoniy yuklamalar samaradorligini aniqlash metodikasi Toshkent viloyatiQibray tumanidagi 22-maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024 yil 4-oktyabrdagi 03-16/9859-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 11,6 foizga yaxshilangan;
gigienik omillarning jismoniy tarbiya darslarida jismoniy holatiga hamda organizmiga ta’siri to‘lqinsimon hamda intensiv jismoniy yuklamalar samaradorligini aniqlash metodikasi Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi 34-maktab o‘quvchilarining jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 4-oktyabrdagi 03-16/9859-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 21,4 foizga yaxshilangan;
o‘quvchilarining funksional tayyorgarligi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar Urganch tuman 1-maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya darslariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 4-oktyabrdagi 03-16/9859-son ma’lumotnomasi). Natijada, 6-sinf o‘quvchilarining funksional tayyorgarlik ko‘rsatkichlari o‘rtacha 8,0 foizga yaxshilashga erishilgan.