Ubaydullaeva Durdona Rahmonjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shart komponentli gipotaksemalarning lingvokognitiv va lingvokulturologik jihatlari hamda tarjima muammolari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.4.PhD/Fil1530
Ilmiy rahbar: Hoshimov G‘anijon Mirzaahmedovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raxmonov Ulug‘bek, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi ShKGlarni
struktural-semantik, lingvokognitiv, lingvokulturologik va lingvopragmatik nuqtayi nazardan tadqiq qilish, ularning izomorfik va allomorfik jihatlarini tahlil etish va tarjima jarayoni uchun tegishli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida “shart” konseptual semantikasini voqelantiruvchi verbal birliklar ishda “kondisionema” atamasi ostida tizimlashtirilib, ularning “shart” maydoni konstituentlari sifatidagi yadroviy, dominant va periferial maqomi ochib berilgan;
ingliz tilida ShKGlarning 40 ta, o‘zbek tilida esa 52 ta struktural-semantik turi, shu jumladan, ularning ingliz tilida 21 xil, o‘zbek tilida esa 29 xil yangi turlari ilk bor aniqlanib, ular modellashtirilgan, tavsiflangan, tasniflangan va dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillarida ShKGlarning kommunikatemalar sifatidagi lingvopragmatik va lingvokulturologik tabiati ochib berilgan, shuningdek, ShKGlarning nutq aktlarida implikativ semantikani ifodalovchi kommunikativ-pragmatik turlari aniqlangan, tasniflangan va ularning lingvokulturologik xususiyatlari asoslangan;
tipologik jihatdan turli tizimga mansub bo‘lgan, xususan, SVO tizimli ingliz va SOV tizimli o‘zbek tillaridagi ShKGlarning izomorfik va allomorfik jihatlarini aniqlash orqali ularni bir tildan ikkinchi tilga o‘girishda yuzaga keladigan muammolar ochib berilgan va ularni translatologik transformatsiyalar asosida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz-o‘zbek tillaridagi shart komponentli gipotaksemalarning lingvokognitiv va lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida ShKGlarning kommunikatemalar sifatidagi lingvopragmatik va lingvokulturologik tabiati ochib berilganligi, shuningdek, ShKGlarning nutq aktlarida implikativ semantikani ifodalovchi kommunikativ-pragmatik turlari aniqlanganligi, tasniflanganligi va ularning lingvokulturologik xususiyatlari ochib berilganligi va asoslanganligi, hamda, zamonaviy ingliz va o‘zbek tillarida “shart” konseptual semantikasini voqelantiruvchi verbal birliklar ishda “kondisionema” atamasi ostida tizimlashtirilib, ularning “shart” maydoni konstituentlari sifatidagi yadroviy, dominant va periferial maqomi ochib berilganligiga doir ilmiy natija va xulosalaridan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbekiston milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 1-yanvardagi 1/04-80-son ma’lumotnomasi). Natijada raqs san’atiga oid matnning lingvistik birliklarida “shart” konseptining voqelanishi masalasiga oydinlik kiritildi, ingliz va o‘zbek tillari lingvomadaniy birliklaridan biri bo‘lgan shart komponentli gipotaksemalarning lingvistik, milliy-madaniy va kommunikativ vazifalarini aniqlashga va ularni nutqda to‘g‘ri qo‘llashga doir ilmiy-nazariy va amaliy qarashlar mukammallashgan;
tipologik jihatdan turli tizimga mansub bo‘lgan, xususan, SVO tizimli ingliz va SOV tizimli o‘zbek tillaridagi ShKGlarning izomorfik va allomorfik jihatlarini aniqlash orqali ularni bir tildan ikkinchi tilga o‘girishda yuzaga keladigan muammolar ochib berilishi va ularni translatologik transformatsiyalar asosida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqilishi asosida olingan xulosalaridan 2022-2023-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 02-36-899-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur eshittirishlarning mazmuni boyitilib, ilmiy va amaliy salmog‘i orttirilgan.
ingliz tilida ShKGlarning 40 ta, o‘zbek tilida esa 52 ta struktural-semantik turlari, shu jumladan, ularning ingliz tilida 21 xil, o‘zbek tilida esa 29 xil yangi turlari ilk bor aniqlanib, ular modellashtirilganligi, tavsiflanganligi, tasniflanganligi va dalillanganligiga doir xulosalardan Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 3-dekabrdagi 1577/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati ortgan.