Ishmuratov Madamin Jumabaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
“Xorazm turkiy tarixnavisligida davlatchilik terminologiyasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fil542
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch innovatsion universiteti. 
Ilmiy maslahatchi: O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, professor v.b.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar Yo‘ldashev Ma’rufjon Muhammadjonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor; Saidov Yoqubjon Siddiqovich filologiya fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalar lug‘at qatlamidagi davlatchilik  atamalarining mavzuiy-semantik guruhlarini aniqlash, davlatchilik  atamalarining qo‘llanish sabab va omillarini tahlil qilish, ularni geneologik va tarkibiy tadqiqini amalga oshirish, davlatchilik  atamalarining lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalari lug‘at qatlamidagi davlatchilik  atamalarining  qo‘llanish sabab va omillari ochib berilgan;
Xorazm turkiy tarixnavislari tarixiy asarlaridagi davlatchilik  atamalari ilk bor mavzuiy-semantik guruhlarga ajratilgan hamda shu davrgacha etimologik jihatdan to‘la tadqiq qilinmagan davlatchilik  atamalarining tarixiy ildizlari aniqlangan; 
Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalar lug‘at qatlamiga mansub davlatchilik  atamalariga mansub birliklarda yuz bergan ma’no torayishi, ma’no kengayishi kabi lisoniy hodisalarning yuzaga kelish sabablari asoslangan;
Xorazm turkiy tarixnavislari tarixiy asarlarida uchraydigan ayrim davlatchilik  atamalarining tarkibiy tahlili amalga oshirilib, ular rus tili va u orqali evropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlar ekani dalillangan;
Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalar leksikasida mavjud ko‘plab davlatchilik atamalarining o‘zbek tiliga o‘zlashishga qadar bo‘lgan tarixiy va semantik taraqqiyoti jahon tilshunosligidagi eng so‘nggi ko‘lamli tadqiqotlar asosida ochib berilgan; 
obekt manbalarning leksik birliklari tarkibiy rekonstruksiya qilingan va ularning funksional tahlili lug‘at tarkibidagi tarixiy qatlam muammosi bilan aloqador ekanligi faktik materiallar orqali dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:  
Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalar leksikasida uchraydigan davlatchilik  atamalarini o‘rganish asosida:
tadqiqot natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020-yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan. Natijada qadimiy manbalarning zamonaviy tabdillarini yaratish va izohli lug‘atlarini tuzish yanada osonlashgan, ilmiy izohlar yanada mukammallashgan;
tadqiqot natijalaridan Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniyn” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etishda, Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimat ul-adab” asarini o‘zbek tilidagi izohi bilan nashr qilishda foydalanilgan (Xorazm Ma’mun akademiyasining 2025-yil 27-yanvardagi 02/976-son ma’lumotnomasi). Natijada qadimiy qo‘lyozmalar haqidagi tavsiflar mazmuni yanada boyigan, kitobxonlarga raqamli kutubxonadan foydalanishda qulaylik yaratilgan, “Axloqi muhsiniyn” va “Muqaddimat ul-adab” asarlari lug‘at qismida keltirilgan so‘zlarning izohi yanada mukammallashgan; 
tadqiqot xulosalaridan Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limida saqlanayotgan qadimgi xorazmiy, so‘g‘diy, Xiva xonligi tarixiga oid noyob qo‘lyozma manbalarning nusxalarini hozirgi o‘zbek tiliga o‘girish va ulardagi bir qancha so‘zlarning ma’nosini sharhlashda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya fondining 2024-yil 11-avgustdagi № 01-15-11/08-24-son ma’lumotnomasi). Pirovardida manbalardagi xorazmiy, so‘g‘diy, avestoviy, arabiy va forsiy davlatchilik  atamalarining genetikasi ravshanlashgan va ularning tarqalish areali, ma’no taraqqiyoti aniqlangan;
Xorazm Ma’mun akademiyasida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 210-yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Ogahiy ijod maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan “Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy. Asarlar” ko‘p jildli silsilasining 3-, 4-, 5-, 6-jildlarini nashrga tayyorlash va chop etishda foydalanilgan (O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasining 2025-yil 16-yanvardagi 226/1-25-sonli ma’lumotnomasi). Pirovardida ushbu asarlar lug‘at qismida keltirilgan so‘zlarning etimologik, leksik-semantik izohi yanada mukammallashgan, kitobxonga tushunarlilik darajasi oshgan;
Xorazm turkiy tarixnavisligiga oid manbalarda uchraydigan davlatchilik  atamalarining mavzuiy-semantik guruhlari, etimologiyasi va lingvopoetikasiga oid dissertatsiyada keltirilgan ilmiy-nazariy xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Tilimizni o‘rganamiz”, “Kitobxon vaqti”, “Assalom Xorazm” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-dekabrdagi 1054-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, ko‘rsatuv matnining ilmiy-manbaviy saviyasi boyigan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish