XEGAY Tatyana Rudolfovna: «Markaziy Osiyoning multigenetik landshafti» (14.00.20 va 14.00.36)- O‘zR FA Immunologiya instituti (100060, Toshkent, akad. Ya.G‘ulomov ko‘ch.,74. tel./faks: 233-08-55, immunology.uz) (dissertatsiya rus tilida).
Ilmiy maslahatchilar: T.U.Aripova (O‘zbekiston), Evelin Eyer (Frantsiya).
Ish bajarilgan tashkilot: O‘zR FA Immunologiya instituti
Rasmiy opponentlar: N.M.Xaitova, G.A Ismailova, T.A.Askarov
Etakchi tashkilot: Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligi «Immunologiya
instituti» Davlat ilmiy markazi, Moskva
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
I. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoning mahalliy xalqlarining demografik, filogenetik va evolyutsion xususiyatlarini mitoxondrial DNK (mtDNK), Y-xromosomasi (NRY), X-xromosomasining mikrosatellitlari hamda Helicobacter pylori (H.pylori) va B gepatiti virusi (HBV) immunogenetik variantlari genetik xilma-xilligini asosida ularning genofondi tuzilishini tavsiflashdan iborat.
II. Dissertatsiya natijalarining ilmiy yangiligi:
ilk bor Markaziy Osiyoning 6 ta xalqiga kiruvchi 26 ta populyatsiya guruhi genofondi tuzilishi yaxlit populyatsion tizim sifatida keng miqyosli genetik ob’ektlar yordamida aniqlangan;
ilk bor mazkur xalqlar tarkibidagi guruhlar genofondi tuzilishining batafsil tavsifi berilgan va olingan natijalar asosida xar bir genetik ob’ekt tipining informativligi baholangan;
birinchi marta Evroosiyo g‘arbiy va sharqiy liniyalari bo‘yicha tadqiq qilingan genetik markyorlarining o‘zaro nisbati kompleks aniqlangan, ushbu hudud umumiy genetik xilma-xilligi va populyatsiyalarining genetik differentsiatsiya darajalari baholangan;
ilk bor mazkur genetik ob’ektlar asosiy gaploguruhlarining filogenetik taxlili ta’riflangan;
ilk marotaba qo‘shni hududlar va Evroosiyo populyatsiyalari genofondi tizimida Markaziy Osiyo xalqlarining o‘rni asoslab berilgan;
birinchi marta Markaziy Osiyoning 6 ta etnosida multigen patologiyalar shakllanishini bashoratlashda zarur bo‘lgan hudud evolyutsiya va adaptatsiya mexanizmlari ta’riflangan.
III. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan natijalari va ularning samaradorligi: tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan «PTsR-tashxislash: biomaterialni tanlash, olish, transportirovka qilish va saqlash» va «Xelikobakter infektsiyasini tashxislash usullari» bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 18.06.2012 yildagi 83/110-sonli va 12.03.2014 yildagi 2-sonli xulosalari).