Saminjonova Shahnoza Numanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tilshunoslikning zamonaviy sohalari doirasida tilning kognitiv birliklarini aniqlash tizimi”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2347.
Ilmiy rahbar: Muhiddinov Anvar G‘ofirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muhammadjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Teshaboeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari doirasida, ayniqsa kompyuter lingvistikasi, media makoni va IT sohasida tilning kognitiv birliklarini aniqlash tizimini o‘rganishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
inson-kompyuter interfeyslarini ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yuqori darajadagi mavhumlik va ko‘p ma’nolilik bilan tavsiflanadigan tabiiy til va axborot texnologiyalari tillarining kognitiv birliklarining o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan;
raqamli davrda til, tafakkur va texnologiyalarning o‘zaro ta’siri haqida to‘liqroq tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi axborot texnologiyalari va media makon tilining kognitiv birliklarini o‘rganishga zamonaviy yondashuvlar aniqlangan;
zamonaviy media makondagi “del`finansi”, “xmudriy”, “sinarnik”, “vikatili novuyu versiyu sayta”, “menshit`”, “dropnut`”, “otkatit`”, “ubit`”, “chekat`” va boshqa freymli tasavvurlar hamda blendinglar tavsiflanib, ular murakkab mavhum tushunchalar, his-tuyg‘ular va ma’no nozikliklarini ifodalash moslashuvchanligi va qobiliyatiga ega bo‘lib, shaxslararo muloqot va ijodiy o‘z-o‘zini namoyon etish uchun beqiyos ahamiyatga ega ekanligi dalillangan;
kognitiv-diskursiv yondashuvning til aloqalari hodisasi sifatida aks etishi (“R2P – request to payment – to‘lov uchun so‘rovlar”, “R2P – research to practice – tadqiqotdan amaliyotga”, “R2P – responsibility to protect – himoya qilish mas’uliyati”, “R2P – right to protect – himoya qilish huquqi”, “WUZZUPG2TUSMTHLMKWH5 WBASAP”, “404 TTYLG2G”), mazkur hodisalar nafaqat til aloqalarini, balki ularni chuqur tahlil qilish uchun vositalar taqdim etishi, bu esa kod almashtirish, til interferensiyasi va ko‘p tillilik sharoitida til shaxsiyatining shakllanishi kabi hodisalarga yangicha qarashga imkon berishi isbotlangan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
tabiiy til birliklari va axborot texnologiyalari tillarining kognitiv tadqiqiga oid xulosa, tavsiya va natijalar Farg‘ona davlat universitetining “Proflingvo” markazida o‘zbek tilidan rus tiliga, rus tilidan o‘zbek tiliga dissertatsiya, avtoreferat va maqolalarni tarjima qilishda qo‘llanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2024-yil 17-oktyabrdagi 04/5954-son ma’lumotnomasi), natijada dissertatsiya, avtoreferat va maqolalarni tarjima qilish samaradorligi oshgan;
zamonaviy tilshunoslikning kognitiv xususiyatlarini aks ettiruvchi “konsept”, “freym”, “blend”, “script” atamalarini talqin qilish masalasiga turli yondashuvlar tahliliga oid xulosa, tavsiya va natijalar: etnomadaniy va madaniyatlararo munosabatlarni shakllantiruvchi vositalar sifatida taqdim etilgan til belgisi (lingvomadaniy yo‘nalish) va mentalitet (kognitiv yo‘nalish) ma’nosi orqali Qozon federal universiteti talabalari va magistrantlari uchun o‘quv jarayonida foydalanilgan (Qozon federal universitetining 2022-yil 20-dekabrdagi 0.1.2101.01-09/377-son ma’lumotnomasi). Natijada mashg‘ulotlarning ilmiy saviyasi hamda kognitiv tilshunoslik yo‘nalishidagi talabalar va magistrantlar bilimlarining ilmiy-nazariy salohiyati oshgan;
IT tili va mediamakonni tadqiq etishga zamonaviy yondashuvlar talqiniga oid tadqiqot xulosa va natijalari O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasida 2022-2023-yillarda amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini (elektron lug‘atlar) yaratish” mavzusidagi F3-2019081663-sonli fundamental loyihani bajarishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 10-sentyabrdagi 1/04-122-son ma’lumotnomasi);
tadqiqotning ilmiy hamjamiyatda qabul qilingan “kognitiv lingvistika”, “lingvomadaniy birliklar”, “konsept”, “freym”, “blend”, “GEStalt”, “konstanta”, “til - tafakkur – inson” triadasining o‘zaro bog‘liqligi, mazmuniy-struktur zanjirning ilmiy-nazariy asoslariga oid xulosalardan Farg‘ona viloyati “Ruxsor” teleradiokanalining “Oltin O‘zbekiston” ko‘rsatuvi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona viloyati “Ruxsor” teleradiokanalining 2022-yil 30-iyundagi 111-son ma’lumotnomasi). Natijada dastur mazmuni boyitilgan, tinglovchilarning qiziqishi ortgan.