Djalilova Umida Tulkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdulla Qahhor va Somerset Moem asarlari tilining milliy-madaniy xususiyatlari: asliyat va tarjima”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi (ingliz tili) (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil435.
Ilmiy rahbar: Baxronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01. 
Rasmiy opponentlar:  Hamidov Xayrulla Xudoyorovich, filologiya fanlari doktori, professor; Sadiqov Zohid Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Abdulla Qahhor va Somerset Moem asarlaridagi lisoniy birliklarning asl matn hamda tarjimalaridagi lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarjimaning pragmatik tahlillari orqali Abdulla Qahhor va Somerset Moem ijodida qamrab olingan zamon, makon, eksplisit va implisit nutq, qahramonlarning faoliyat sohasi va ijtimoiy maqomi ilk bor ikki adib asarlari asosida chog‘ishtirilib, til va madaniyat sohiblarining arxetipik tasavvurlari orqali shakllangan milliy tushunchalardagi farqlarning keskin o‘ziga xosligi dalillangan;
Abdulla Qahhor va Somerset Moem asarlarida “ellikboshi”, “mingboshi” “shariat”, “hoji”, “jiyak”, “nomahram”; “pound”, “mile”, “wisky”, “cocktail”, “state”, “cowboy” kabi lisoniy birliklar tegishli jamiyatning lisoniy va milliy-madaniy manzaralarini o‘ziga xos qamrab olishi muayyan madaniy hamda ijtimoiy davrga oid tasvirlar orqali qahramonlarning lisoniy tafakkuri voqelanishi  negizida asoslangan;
bir zamon va turli makonga mansub ijodkorlar asarlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning etimologik hamda milliy-madaniy xususiyatlari va o‘ziga xos semantikaga egaligi muqobillik uchun tavsiya etilgan variantlarning adekvatlikka erishish darajasi asosida aniqlangan;
“Dahshat”, “O‘tmishdan ertaklar” va “Yomg‘ir”, “Teatr” kabi asarlarda madaniy kodlar nafaqat madaniy ma’no, balki pragmatik ma’no ifodalash xususiyatiga egaligi, uning kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi, asosan, kommunikativ maqsad-muddaoning konstativ guruhiga mansubligi, unda maslahat, buyruq, kesatiq, ogohlantirish kabi intensional ottenkalar mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Somerset Moem va Abdulla Qahhor asarlari asosida ingliz hamda o‘zbek adabiy matnlari va ular tarjimasida uchraydigan lingvokulturologik birliklarning tadqiqi hamda tahlili, milliy-madaniy o‘xshash va farqli jihatlarni aniqlashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
tarjimaning pragmatik tahlillari orqali Abdulla Qahhor va Somerset Moem ijodida qamrab olingan zamon, makon, eksplisit va implisit nutq, qahramonlarning faoliyat sohasi va ijtimoiy maqomi ilk bor ikki adib asarlari asosida chog‘ishtirilib, til va madaniyat sohiblarining arxetipik tasavvurlari orqali shakllangan milliy tushunchalardagi farqlarning keskin o‘ziga xosligi dalillanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan “561624-EPP-l-1-UK-EPPIKA2-CBHE-SP IMEP” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 14-iyundagi IRD/21-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Qahhor va Somerset Moemning individual-mualliflik manzarasidagi o‘ziga xos tasvirlar, madaniy kodlarning o‘zbek/ingliz tillariga tarjimasiga doir muammo va yechimlar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan; 
Abdulla Qahhor va Somerset Moem asarlarida “ellikboshi”, “mingboshi” “shariat”, “hoji”, “jiyak” ; “pound”, “mile”, “wisky”, “cocktail”, “state”, “cowboy” kabi lisoniy birliklar tegishli jamiyatning lisoniy va milliy-madaniy manzaralarini o‘ziga xos qamrab olishi muayyan madaniy hamda ijtimoiy davrga oid tasvirlar orqali qahramonlarning lisoniy tafakkuri voqelanishi  negizida asoslangani borasidagi xulosalardan Meksika davlat avtonom universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasidagi xalqaro Memorandumda qayd etilgan o‘zaro ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish bandi vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Meksika davlat avtonom universitetining 2023-yil 3-noyabrdagi 521-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ikki tilda tahsil olayotgan talaba va tadqiqotchilarning lingvomadaniyatshunoslik, tarjimashunoslik bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarini boyitishda muhim manba vazifasini o‘tagan; 
“Dahshat”, “O‘tmishdan ertaklar” va “Yomg‘ir”, “Teatr” kabi asarlarda madaniy kodlar nafaqat madaniy ma’no, balki pragmatik ma’no ifodalash xususiyatiga egaligi, uning kontekstual va perlokutiv ta’sir samaradorligi, asosan, kommunikativ maqsad-muddaoning konstativ guruhiga mansubligi, unda maslahat, buyruq, kesatiq, ogohlantirish kabi intensional ottenkalar mavjudligi isbotlanganiga oid taklif va mulohazalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan “O‘zbek adabiyoti namunalarini xorijiy tillarga tarjima qilish va xalqaro miqyosda targ‘ib etish muammolari” mavzusidagi xalqaro seminar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 9-yanvardagi 01-03/27-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek va ingliz nasriy asarlari milliy til xususiyatlarining noan’anaviy uslublari, xususan, tarjimalarni chog‘ishtirib o‘rganish orqali tarjima mukammalligiga erishishda xizmat qiluvchi lisoniy birliklar taklif qilingan; 
bir zamon va turli makonga mansub ijodkorlar asarlarida qo‘llanilgan lisoniy birliklarning etimologik hamda milliy-madaniy xususiyatlari va o‘ziga xos semantikaga egaligi muqobillik uchun tavsiya etilgan variantlarning adekvatlikka erishish darajasi asosida aniqlanganiga oid xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-iyuldagi 04-36-1142-sonli ma’lumotnomasi). Natijada etnoslar og‘zaki, ma’naviy meros namunalarini yoritishda til birliklarining o‘ziga xosligini namoyon etish orqali iboralar, turg‘un birikmalar ma’nosini tahlilga tortish, ularning pragmatik ma’nosini anglash, tarjima qilish va qo‘llash strategiyasi hamda bosqichlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish