Ro‘zmetov Rahmatjon Ibodullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tolani sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish maqsadida paxtani samarali quritish texnologiyasini va rejimlarini ishlab chiqish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T574
Ilmiy maslahatchi: Quliev Toxir Mamarajapovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01
Rasmiy opponentlar: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” dan texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamolidinovich, “Namangan to‘qimachilik sanoati instituti” dan texnika fanlari doktori, professor Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetidan texnika fanlari doktori, dotsent Urozov Mustafokul Kulturaevichlar
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: tolaning sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish uchun paxtani samarali quritish va tozalash texnologiyasini ishlab chiqish va rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosini bir vaqtning o‘zida samarali quritish va mayda iflosliklardan tozalash uchun 45 gradus ostida issiqlik uzatuvchi quvurga ega bo‘lgan shnekli quritish-tozalash uskunasi ishlab chiqilgan;
quritgich-tozalagich seksiyalarining soni va yuzaning ochiq qismidagi havo haroratining har xil qiymatlarida vint burchagiga bog‘liq holda paxta tolasi haroratining o‘zgarishi to‘g‘ri chiziq bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatiga yaqin bo‘lishi aniqlangan;
yuqori va past navli ma’lum namlikdagi paxtalarni quritish va mayda iflosliklardan tozalashda issiqlik agentini uzatuvchi quvurning gorizontal o‘qqa nisbatan og‘ish burchagining maqbul kattaligi issiqlik agentining tezligi va haroratini, paxtadan ajraladigan namlik va mayda iflosliklar miqdorini inobatga olgan holda aniqlangan;
yuqori va past navli paxtalarni tozalash uskunasida beriladigan issiq havo miqdorini belgilovchi quritish rejimlari paxta tarkibidagi namlik va mayda iflosliklar miqdorini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
tozalash kamerasiga issiqlikni o‘zgarmas holatda uzatish orqali qoziqli shnek o‘qi bo‘ylab va ma’lum traektoriyada yuqoriga otilgan paxta oqimi bilan issiqlikni o‘zaro ta’sirida paxtadan namlik va ifloslik ajralishini jadallashtiradigan paxtani quritish jarayonining yangi usuli ishlab chiqilgan;
paxtani quritish va mayda iflosliklardan tozalash samaradorligini oshiradigan, tola sifatini yaxshilash bilan resurstejamkor texnologiyani yo‘lga qo‘yadigan tozalagichdagi quvurning joylashish o‘rni, issiqlik uzatuvchi tirqishning og‘ish burchagi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Paxtani dastlabki tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qoluvchi resurstejamkor, samaradorligi yuqori bo‘lgan quritish va tozalash texnologiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxtani bir vaqtning o‘zida quritish-tozalash uskunasi va texnologiyasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Xorazm viloyatining “KHOREZMTEX” MChJ klasteri paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil 27-noyabrdagi 03/25-3204 -son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalashda uskunaning tozalash samaradorligini 8,3÷ 11,0% ga, ishlab chiqarilgan tolaning sifatini 0,18÷ 0,22 (abs) % ga oshirish imkoniyati yaratilgan;
paxtani bir vaqtning o‘zida quritish-tozalash uskunasi va texnologiyasi «O‘zbekiston paxta- to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Xorazm viloyatining “KHOREZMTEX” MChJ klasteri paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil 27-noyabrdagi 03/25-3204-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani quritishga sarflanadigan yonilg‘i sarfini 25,3 % ga tejash imkoniyati yaratilgan.