Juraqulov Elyor Nurmamat o‘g‘lining
falsafa doktori(Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aylana ignadonli to‘quv mashinalarida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 - “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish”(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4705
Ilmiy rahbar: Yunusov Kamoliddin Zununovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, professor; Abdurahmonov Abdurashid, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aylana ignadonli to‘quv mashinalarida taxtlash ketma-ketligi asosida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shimcha biriktiruvchi ipni to‘qima tarkibiga lastik, interlok to‘qimalari asosida kiritib ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usuli takomillashtirilgan;
aylana ignadonli mashinalarda ip taranglik kuchining o‘zgarishi bilan halqa ipi uzunligi orasida bog‘lanishlar Eyler tenglamasidan foydalangan holda ishlab chiqilgan va mashina texnologik ko‘rsatkichlarining muqobil qiymatlari aniqlangan;
turli xil tuzilishga ega bo‘lgan trikotaj namunalari deformatsiya ko‘rsatkichlarini bir siklli xarakteristikalar asosida baholab, shakl saqlash xususiyati koeffisienti aniqlangan;
tomonlarni asos ipi yordamida pressli biriktirish natijasida fizik-mexanik xususiyatlari yuqori ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish usuli ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aylana ignadonli to‘quv mashinalarida ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aylana ignadonli mashinalar uchun trikotajning taxtlash usuli hamda yangi ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini olish texnologiyasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi «BEKMAN BEST» MChJ va «SURXON TEKS» MChJ korxonalarida («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024-yil 2-dekabrdagi 03/25-3241- sonli ma’lumotnomasi) joriy qilingan. Ilmiy natijalar ikki qatlamli trikotaj to‘qimalarini aylana ignadonli mashinalarda ishlab chiqarishda ish unumdorlikni 13 % ga oshirish imkonini bergan.