Kattaqulov Farrux Sayfullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqlim o‘zgarishining Amudaryo havzasidagi gidrotexnik inshootlar kaskadi ekspluatatsion rejimiga ta’sirini baholash”, 05.09.07- “Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T139.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Bazarov Dilshod Rayimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash.
Yangiev Asror Abdixamidovich – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, texnika fanlari doktori, professor (05.09.06). Adenbaev Baxtiyor Embergenovich – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Quruqlik gidrologiyasi va meteorologiya kafedrasi professor v.b., geografiya fanlari doktori (11.00.03).
Yetakchi tashkilot – Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqlim o‘zgarishi sharotida Amudaryo daryosi yuqori qismi oqimini prognoz qilish va gidrotexnika inshootlari ekspluatatsion rejimini boshqarish usulini takomillashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
MODSNOW dasturidan foydalanib, Amudaryo daryosi oqimini vegetatsiya davri va oylar kesimida prognozlash usuli takomillashtirilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida daryo havzasidagi gidrotexnik inshootlar kaskadining ekspluatatsion rejimini boshqarish usuli takomillashtirilgan;
Amudaryo daryosining tabiiy rejimli qismida qor qoplami erishi va yog‘in miqdorini modellashtirish asosida talofatli suv toshqinini prognozlash metodi ishlab chiqilgan;
Amudaryo yuqori oqimida talofatli suv toshqinlarini hisobga olgan holda oqim xarakatini matematik modeli va dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Iqlim o‘zgarishining amudaryo havzasidagi gidrotexnik inshootlar kaskadi ekspluatatsion rejimiga ta’sirini baholash” bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
MODSNOW dasturidan foydalanib, Amudaryo daryosi oqimini vegetatsiya davri va oylar kesimida prognozlash usuli takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 05/13-4167-son ma’lumotnomasi). Natijada daryolar oqimning miqdoriy ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va gidrotexnik inshootlar, irrigatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
iqlim o‘zgarishi sharoitida daryo havzasidagi gidrotexnik inshootlar kaskadining ekspluatatsion rejimini boshqarish usuli takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 05/13-4167-son ma’lumotnomasi). Natijada daryolar suv va suv-energetika resurslaridan oqilona foydalanishga qaratilgan rejalarni ishlab chiqish imkonini bergan;
Amudaryo daryosining tabiiy rejimli qismida qor qoplami erishi va yog‘in miqdorini modellashtirish asosida talofatli suv toshqinini prognozlash metodi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 05/13-4167-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo daryosining tabiiy rejimli qismida talofatli suv toshqinlarini oldindan aniqlash imkoniyatlari yaratilgan;
Amudaryo yuqori oqimida talofatli suv toshqinlarini hisobga olgan holda oqim xarakatini matematik modeli va dasturi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 8 noyabrdagi 05/13-4167-son ma’lumotnomasi). Natijada Amudaryo yuqori oqimida joylashgan kaskadli gidrotexnika inshootlarida tasodifiy toshqinlar sodir bo‘lishida oqim xarakatini taqsimlanishini tezkor aniqlash imkoniyatlari yaratilgan.