Botirov Ro‘zali Anvarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Staxidrin, donaksin gidroxloridi, liko­rin gidroxloridi va platifillin gidro­tartrati substansiyalarining ratsional texnologiyalarini yaratish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T631.

Ilmiy rahbar: Sagdullaev Shamansur Shahsaidovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.27.06.2017.K/V/T.37.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor; Boboev Baxrom Nurillaevich, kimyo fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: staxidrin, donaksin gidroxloridi, likorin gidroxloridi, platifillin gidrotartrati dori vositalari substansiyalarini ishlab chiqarishning ratsional texnologiyalarini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

staxidrin, donaksin, platifillin alkaloidlarini o‘simlik xomashyosidan suv-spirt eritmasi bilan ajratib olish, likorin alkaloidini  o‘simlik xomashyosidan kislotalarning kuchsiz eritmasi bilan ajratib olish va ekstraktni ul`trafil`tratsiya yo‘li bilan tozalash orqali ajratib olish yuqori samara berishi isbotlangan;

tajribalarni matematik rejalashtirish usullari yordamida staxidrin, donaksin, likorin, platifillin alkaloidlarini o‘simlik xomashyosidan ajratib olish jarayonlariga ta’sir qiluvchi asosiy omillarning optimal sharoitlari aniqlangan;

substansiyalarni ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich nazoratini amalga oshirish imkonini beradigan xromatospektrofotometrik, titriometrik uslublari ishlab chiqilgan;

staxidrin, donaksin gidroxloridi, likorin gidroxloridi, platifillin gidrotartrati substansiyalarining farmako-toksikologik xususiyatlari aniqlangan hamda me’yoriy-texnik hujjatlarini ishlab chiqish uchun sanoat namunalari ishlab chiqarilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Staxidrin, donaksin gidroxloridi, likorin gidroxloridi va platifillin gidrotartrati substansiyalarining ratsional texnologiyalarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

afrodiziy faollikka ega bo‘lgan vositaga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05297, 2016 y.). Natijada afrodiziak faollikka ega bo‘lgan yangi dori vositasi substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish imkonini bergan;

Seversov omonqorasi o‘simligi xomashyosidan ajratib olingan likorin gidroxloridi substansiyasining farmako-toksikologik xususiyatlari FA-A11-T036 raqamli «Arundo donax L, Haplophylum perforatum, Peganum harmala o‘simliklari va fenilizoxinolin qatori yarimsintetik alkaloidlari asosida yangi neyro-va psixotrop vositalarini ishlab chiqish» loyihasida preparatning nazoratga nisbatan qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 7 noyabrdagi 4/1255-2949-son ma’lumotnomasi). Natijada likorin gidroxloridi dori vositasi substansiyasining yangi iqtisodiy samarador sanoat ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish imkonini bergan;

yaratilgan texnologiya asosida Arundo donax o‘simligi xomashyosidan ishlab chiqarilgan donaksin gidroxloridi substansiyasining farmako-toksikologik xususiyatlari FA-A11-T036 raqamli «Arundo donax L, Haplophylum perforatum, Peganum harmala o‘simliklari va fenilizoxinolin qatori yarimsintetik alkaloidlari asosida yangi neyro-va psixotrop vositalarini ishlab chiqish» loyihasida preparatning nazoratga nisbatan qiyosiy tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2018 yil 7 noyabrdagi 4/1255-2949-son ma’lumotnomasi). Natijada donaksin gidroxloridi substansiyasining afrodiziak faolligini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish