Shukurova Muhayyo Muqumjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hokimiyat harakatsizligi: jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlar”, “12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”; “12.00.15 –Kriminologiya (yuridik fanlar)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1085.
Ilmiy rahbar: Otajonov Abrorjon Anvarovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti, PhD.31/31.10.2024.Yu.186.01.
Rasmiy opponentlar: Berdialiev Baxtiyor Erkinovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD); Turg‘unboev Elbekjon Odiljonovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
II. Tadqiqotning maqsadi hokimiyat harakatsizligining jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlarini kompleks o‘rganish asosida aniqlangan muammolarning echimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hokimiyat harakatsizligi xizmatga sovuqqonlik bilan qarash jinoyatidan subektiv tomoni qasd ekanligi bilan va hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishdan, bu jinoyat mansabdor shaxsning faqat hokimiyat vakolati doirasida va faqat xizmat vazifasiga ko‘ra qilishi shart bo‘lgan harakatni sodir etmasligi shaklida bo‘lishi mumkinligi bilan farq qilishi asoslantirilgan;
hokimiyat harakatsizligi jinoyatining subektlari qatoriga “davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarini” kiritish lozimligi hamda “g‘arazli niyatlarda hokimiyat harakatsizligi qilganlik” uchun javobgarlikni og‘irlashtirish zarurligi asoslantirilgan;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi, uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshirilishi zarurligi asoslantirilgan;
uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar-tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinishi zarurligi asoslantirilgan;
jinoyat muhokamalarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkinligi asoslantirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
hokimiyat harakatsizligini xizmatga sovuqqonlik bilan qarash, hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishdan farqlash borasidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 21-noyabrdagi “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 22-son qarorining 58-bandi beshinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 19-dekabrdagi 03-23-1051-23-son dalolatnomasi). Ushbu taklif qilmishni jinoyat sifatida baholash, boshqa turdagi o‘xshash jinoyatlardan farqlash, to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishga xizmat qiladi;
hokimiyat harakatsizligi jinoyatning subektlari qatoriga “davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarini” kiritish hamda “g‘arazli niyatlarda hokimiyat harakatsizligi qilganlik uchun javobgarlikni og‘irlashtirish lozim”ligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasining 300-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasining 2024-yil 03-yanvardagi 27/2-1/24-son dalolatnomasi). Ushbu taklif hokimiyat harakatsizligi uchun jinoiy javobgarlik va jazo samaradorligini oshirish va ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olishga xizmat qiladi;
og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar muhokamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri darajasidagi, uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida amalga oshirilishi zarurligi to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-son Qarorining 3-bandi “b” qismini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-sentyabrdagi 12-15-71-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar aniqlash va ularni oldini olish jarayonlarida tuman (shahar) darajasidagi sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokini ta’minlanishiga xizmat qiladi;
uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar-tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari tomonidan jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama qilinishi to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi 565-son Qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-sentyabrdagi 12-15-71-son dalolatnomasi). Ushbu taklif uncha og‘ir bo‘lmagan va ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni oldini olish choralarini belgilashda tuman (shahar) darajasidagi hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar hamda davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ta’minlashga xizmat qiladi;
jinoyat muhokamalarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishi mumkin degan taklifidan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-sentyabrdagi 565-son Qarori bilan tasdiqlangan Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 8-bandi 2-qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-sentyabrdagi 12-15-71-son dalolatnomasi). Ushbu taklif jinoyat muhokamalarida tegishli davlat organlari va tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoatchilik vakillari qatnashishini ta’minlashga xizmat qiladi.